A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish va marketing qarorlarining farqi nimada?
2. Kompromis tushunchasini izohlab bering.
3. Qarorlar qabul qilishga qanaqa omillar ta’sir etadi?
4. Qaror qabul qilishdagi modellarni aytib bering.
5. Тalabning egri hayotiy jarayoni nima?
6. Mehnat xarajatlari material xarajatlariga nisbatining 3 omilini
bilasizmi?


177
21- mavzu. KORXONA FAOLIYATI TURLARINING
TAHLILI VA SHAKLLANISHI
21.1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati
shakllari
Korxonaning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish fao-
liyati shakllarida qarorlar qabul qilish bir qator bosqich-
lardan tashkil topadi va boshlang‘ich buyurtmalar portfeli
asosida o‘tkaziladi.
Korxona faoliyati turlari haqida aniq tasavvur hosil
qilishga yordam beruvchi bir necha omillar mavjud bo‘lib,
bular:
— ishlab chiqarish yoki xizmat (servis) ko‘rsatish sohasi;
— ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasi;
— mahsulot, xizmatlarning iste’molchilari;
— mahsulot, xizmat realizatsiyasining geografik zonasi.
Faoliyat turlarini tahlil qilishda korxonani ishlab turgan
joriy ahvolini va tashqi muhitini, shuningdek resurslar salo-
hiyatini va korxonaga yangi kiritilgan innovatsion portfelni
hisobga olish zarur bo‘ladi.
Korxonaning tashqi muhit ta’siriga munosabati turlari
tahlil qilinib, ularning qaysi birlari boshqaruvda ustunroq
ekanligi aniqlanadi. Agar korxonaning innovatsion munosa-
bati sust bo‘lsa, kiritiladigan yangiliklar to‘plamini shakl-
lantirish, hatto barcha boshqa asoslar (moliyaviy sharoit,
raqobatbardosh pozisiya, yangiliklar kiritilishga bo‘lgan ish-
lab chiqarish ehtiyojlari) bunga qulaylik tug‘dirsada maqsadga
muvofiq bo‘lmaydi.


178
Kelajakda dastlabki faoliyat turlari to‘plamini sinchkovlik
bilan tahlil qilishga yordam beradigan ma’lumotlar bazasi
shakllantiriladi.
«Lomo» AJ (Rossiya) harbiy-sanoat kompleksining
muvaffaqiyatli islohotlashtirilayotgan firmalaridan biridir.
Aynan shuning uchun ham u ishlab chiqarish, hamda sotish
hajmini o‘stirishga muvaffaq bo‘lmoqda.Ushbu natijalarga
mahsulotlar assortimentning sezilarli darajada istiqbolsiz
bo‘lgan turlaridan «tozalanishi» hisobiga erishildi. Ushbu
turdagi masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun, AJ
ma’muriyati boshqaruvning ba’zi funksiyalarini desentra-
lizasiya qilinishiga rozilik berdilar. Natijada «Lomo» uyush-
masiga tegishli ishlab chiqarish texnik kompleks menejer-
lariga, ularning moliyaviy harakatlari ustiga, ularning
moliyaviy harakatlari ustidan markaziy nazoratning saqlab
qolinishi bilan ayni bir paytda, nima ishlab chiqarish va
nima sotishni mustaqil hal qilish huquqi berildi. Natijada
oxirgi 5–7 yil ichida «Lomo» AJ ishlab chiqaruvchi
mahsulotlari turlarini 700 tadan 120 taga yoki deyarli 6
martaga qisqartirdi. Bu esa resurslarni boshqa, talabi yuqori
bo‘lgan tovarlarga (tibbiyot texnikasi, optik uskunalar va
b.) yo‘naltirib, ularni bozorga faollroq chiqarishga yordam
berdi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarining
tarkibini shakllantirishda quyidagi mezon va aniqlashtiruvchi
omillar hisobga olinadi:
— kutilayotgan o‘sish sur’atlari va texnologiyaga talabning
qat’iy jarayoni bosqichlari tavsifida o‘z ifodasini topgan
o‘sish istiqbollari;
— rentabellik dinamikasi;
— istiqbollar aniqligi yo‘qoladigan va o‘zgarish mumkin
bo‘lgan barqarorsizlikning kutilayotgan darajasi;


179
— faoliyat turlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi kelajakda
muvaffaqiyatli raqobatning asosiy omillari.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarini
baholash uchun portfel matrisalaridan foydalaniladi:
— Boston konsalting guruhi matritsasi;
— Hayotiy jarayon (sikl) portfeli A.D. Littl matritsasi;
— Mas Kinsey ning ko‘p omilli matritsasi

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling