A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Noaniqlik shartida qaror qabul qilish
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
Noaniqlik shartida qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish
shartlarining qarama-qarshi varianti bu to‘liq noaniqlik ya’ni turli shart-sharoitlar ehtimoli to‘g‘risida mutlaqo hech qanday axborot yo‘q. Bu holatda qarorning 4 ta mezoni bo‘lishi mumkin: maksimal, maksimaks Lappas va eng kam ziyon (zarar) mezonlari. Bu mezonlarni quyidagicha anqlash mumkin. Maksimal (maximin) – har qaysi muqobil variant uchun o‘zini qoplashi eng minimal bo‘lishi mumkin bo‘lganini aniqlang va ular ichidan eng yaxshi qabilida muqobil variantni tanlang. Maksimaks (maximax) – o‘zini qoplashi eng yaxshi bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni aniqlang va ular ichidan ham eng yaxshisini tanlang. Lappas kriteriysi (mezoni) (Laplace) – har qaysi muqobil variantning o‘rtacha o‘zini qoplashini aniqlang va eng yaxshi o‘rtacha muqobil variantni tanlang. Eng kam ziyon (zarar) kriteriysi (mezoni) (minimax regret) – har qaysi muqobil variantning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yomon (minimal) natijalarni aniqlang va ular ichidan yaxshi natijali variantni tanlang. Maksimin mezoni o‘z mohiyatiga ko‘ra pessimistikdir, chunki har qaysi muqobil variant uchun mumkin bo‘lgan barcha natijalar ichidan faqat eng yomoni hisobga oli- nadi. Bunday yondoshuv, garchi, amaldagi natija u da- rajada yomon bo‘lmasa ham kafolatlangan minimumni belgilaydi. Maksimaks yondoshuv – bu optimalistik hujumkor strategiya: bu yerda eng yaxshi natijadan tashqari hech qaysi mumkin bo‘lgan natija hisobga olinmaydi. Loplas kriteriysi holatlarga teng ehtimolli deb qarashni ko‘zlaydi. 186 Ushbu barcha kriteriylarning (Laplas mezonlaridan boshqa) asosiy zaif tomoni shundaki, barcha natijalar emas, faqat eng yomonlari (minimallari) yoki aksincha, eng yaxshilari hisobga olinadi. Shuning uchun axborotlarning bir qismi yo‘qotiladi. Laplas mezonlarining shundan iboratki, barcha shartlar teng ehtimolli deb hisoblanadi. Biroq aniq holatlarda ma’lum holatlarda ushbu usullardan har biri o‘zining qarorni ishlab chiqarishda yordam beradigan afzalliklariga ega bo‘ladi. 3- jadval berilganlaridan foydalanib 1) maksimalin; 2) maksimaks; 3) Laplas mezonlarilari bo‘yicha qaysi muqobil tanlanishini aniqlang. Yechish: 1. Har qaysi muqobil varinatning eng yomon natijalari kichik quvvatli – 100 ming so‘m o‘rta quvvatli – 70 ming so‘m; katta quvvatli – 40 ming so‘m. Yaxshi natija – 100 ming so‘m. Shu tariqa, maksimin usuliga ko‘ra kichik quvvatli ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. 2. Eng yaxshi natijalar kichik quvvatli – 100 ming so‘m o‘rta quvvatli – 120 ming so‘m; katta quvvatli – 160 ming so‘m. Eng yaxshi umumiy natija – 160 ming so‘m. Shunday ekan, maksimalin usulini qo‘llaganda katta quvvatli ishlab chiqarishni tashkil qilish samaraliroqdir. 3. Laplas mezonlarini tanlab, har qaysi qator uchun qrtachasini hisoblang. Natijalar 4-jadvalda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling