A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Lok-bo’yoq materialialarni surkashda va ximoya dekorativ


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

22.3. Lok-bo’yoq materialialarni surkashda va ximoya dekorativ 
parda qatlamlarini quritishida atrof-muhitni ifloslantiruvchi 
manbalar 
Mebel va yog’ochsozlik korxonalarining sexlaridan tashqariga 
chiqarib yuboriladigan asosiy chiqindilar quyidagilardir.
a) zaharli organik moddalarning bug’ va gazlari (asosan, 
eritgich, suyultirgich va monomerlar yoki ayrim parda hosil 
qiluvchilarning tarkibiy qismlari). 
b) yog’och valok-bo’yoq changlar. 
Ventilatsiya yordamida tashqariga chiqarib yuboriladigan 
moddalarni zaharli bug’ va gazlardan tozalash asosini quyidagi fizik 
va kimyoviy jarayonlar tashkil etadi: adsorbsiya, absorbsiya, filtrlash
elektr filtrlash, eritish va yoqib yuborish, kimyoviy yo’l bilan 


196 
suvsizlantirish. Absorsiyada, chiqayotgan gaz-havo aralashmasidan 
zaharli komponentlarni yutib qoluvchi modda sifatida suv, ishqor, 
kislota, organik erituvchi ishlatiladi. Yutilish natijasida qisman 
kimyoviy birikmalar ham hosil bo’lishi mumkin. Lok-bo’yoq 
materiallarning gaz va bug’lardan absorbsiya usulida tozalashga misol 
qilib purkash kabinalaridan oqib tushayotgan suv pardasini ko’rsaatish 
mumkin. Absorsiyada zararli ha zaharli gazlar yuqori sirti faol 
moddalar yuzasiga shimiladi. Absorbent sifatida faollashtirilgan 
ko’mir bilan silikagel ishlatiladi. Absorbsiya, desorbsiya
rektifikatsiya jarayonlari asosida uchuvchan eritkichlar rekuperatsiya 
qilinadi, yani ular gaz havo chiqindilaridan tutib qolinadi va ishlab 
chiqarishga qaytariladi. Eritkichlarni rekuperatsiya qilish agar 
ularning 
chiqarib 
yuborilayotgan 
gaz-havo 
tarkibidagi 
konsentratsiyasi 3g/m kub dan kam bo’lmasa rentabelli hisoblanadi. 
Filtrlash usulida tozalanganda keramik filtrlar, tabiiiy va sintetik 
gazlamalardan keng foydalaniladi. Ayrim hollarda filtrga qo’shimcha 
ravishda suv yoki eletr statik zaryad beriladi. Havoni qattiq 
changlardan tozalashda changtutkichlardan foydalaniladi. Ho’l yoki 
quruq usulda ishlatiladigan changtutkichlar mavjud. Quruq holatda 
ishlaydiganlarga 
siklon, 
gazmolli 
filtrlar 
kiradi. 
Ho’l 
changtutkichlarga - venturi skrubberi, markazdan qochma va 
forsunkali skrubberlar hamda zarb-inersiya kuchi bilan ishlaydigan 
apparatlar kiradi. Mebel va yog’ochsozlik korxonalarida asosan quruq 
sharoitda ishlaydigan siklonlar va yengsimon gazmolli filtrlar ko’p 
ishlatiladi. Amalda changli havoni ikki bosqichida tozalash eng yaxshi 
natija beradi, birinchi bosqichda siklon, ikkinchi bosqichda esa 
gazmoldan tayyorlangan yengil fltrlar tizimidan foydalaniladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling