A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Dastgoh, transport vositasi, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlari
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Maishiy uy ro‘zg‘or vositalari dizayni.
23.2. Dastgoh, transport vositasi, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlari,
mebellar va boshqalarni konstruksiyalash. Dizaynda uslub (stil) Xammaga ma`lum bo`lgan bu ta`rif shartlidir: san`atda matematika yoki fizika qonunlariga o`xshagan qonunlar yo`q, gap faqat ayrim qonuniyatlar haqidagina borishi mumkin. Garmonik asar yaratish jarayoni “kompozitsiya” nomiga xam egadir. Kompozitsiya tushunchasi ijadning boshqa turlari – rang tasvir va skul’ptura, adabiyot va musiqaga xam bab-barovar taaluqlidir. Dizayndagi kompozitsiya o`z metodikasi va terminologiyasiga ega. U avvalo asarning zarur sifatlariga yoki dizayonerlik xususiyatlariga tayanadi. 201 Bu sifat va xususiyatlar idrok etish qobiliyatlariga asoslanadi va kompozitsiya kategaoriyalari deb ataladi. 1-rasm. Maishiy uy ro‘zg‘or vositalari dizayni. Tashqi formani uzviyligi va yaxlitligi Buyumning tashqi formasi uzviyligi va yaxlitligini kompozitsiyaning asosiy umumlashtiruvchi kategoriyasi deb hisoblash kerak. “Uzviylik” degan so`zni jonli tabiatga yaqinlashish ma`nosida emas, balki yaratilgan kompozitsiya shu qadar yahlitki, uni tashkil etuvchi qism tabiiy yazlit narsaga kiradi, degan ma`noda tushunish kerak. Proportsionallik va marom Dizayn ob`ekti aniq yoki garmonik proportsiyalarga ega. Proportsiyalar – ob`ektning aniqligini tashkil etuvchilardan bo`lib, ular ma`lum darajada uning xarakterini ifodalab turadi. Shuning uchun xam proportsionallik, garmonizatsiya vositasi hisoblanadi. Masshtablilik Masshtablilik tushunchasi dizaynga arxitektaradan o`tgan bo`lib buyumning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Bu tushuncha qarab chiqilayotgan buyumning hajmini va bizning tasavvurimizni qiyoslashga asoslashgan. Ma`lum bo`lishicha , biror funktsional yoki badiiy-estetik ma`noga ega bo`lgan buyumni beixtiyor ravishda kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin emas. Odamga xos xususiyat shuki, u uzi yaratgan xamma narsani muayyan xajm bilan bog`laydi. Bu narsadan chetga chiqish ichki norozilikni va estetik jihatdan qoniqmaslik hissini o`yg`otadi. Masshtab o`lchagichlari deb ataluvchi o`lchagichlar katta ahamiyatga egadir. Bular “qat`iy” funktsional vazifasi va biz uchun tanish bo`lgan hajmga ega bo`lgan detallardir (zinapoya, o`rindiq, boshqarish organlar). Mazkur “masshtab ko`rsatkichlari”ning mavjudligi juda mahim bo`lib, u buyumning xajmi xaqida tasavvur bera oladi. Plastiklik Plastik yoki skul’ptura xossasiga ega bulish, - xar 202 qanday formani xususiyatidir. Bu formani qanday “yasalganligi” buyumning qiyofasiga hal qiluvchi ta`sir qo`rsatishi mumkin. Shu sababli biz ayni bir xil hijmli – fazoviy strukturani saqlar ekanmiz, bu tashqi formani hali yana o`zgartirish, uning variantlarini yaratish uchun qo`p imkoniyatlarga ega bo`lamiz Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling