48
Lug‘at
3. Bu spektakl o‘zbek milliy ... drama
teatrida bir necha marta
qo‘yilgan.
4. „Lasetti“ ... ko‘rikda juda yuksak baho oldi.
5. „Toshkent oqshomi“ ... o‘qib chiqdim.
Foydalanish uchun so‘zlar: jurnalida, dostoni, akademik, mashinasi,
gazetasini.
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan
berilgan savol va top-
shiriqlarni bajaring.
Bosh qomusimiz
Konstitutsiya insonlarning jamiyatdagi huquqlari va burchlarini
belgilab beruvchi asosiy qonun-qoidalar yig‘indisidir.
Shuning uchun
uni bosh qomusimiz deb ataymiz. Har bir davlatning o‘z konstitutsiyasi
bor. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda
qabul qilingan.
Konstitutsiyada bizning mamlakatimizda
yashovchi barcha fu-
qarolarning huquqlari va burchlari belgilab berilgan. Huquq bu har
bir fuqaroning mamlakatimizda ega bo‘lgan imtiyozlaridir. Burch esa
har bir fuqaro rioya qilishi shart bo‘lgan talabdir. Vijdon har bir
insonning o‘zini o‘zi nazorat qilishidir.
jamiyat
–
общество
huquq
– право
qonun
– закон
fuqaro
– гражданин(ка)
vijdon
– совесть
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Konstitutsiya haqida yana nimalarni bilasiz?
2. Burch va vijdon so‘zlariga izoh bering.
3. Nima deb o‘ylaysiz, sizning burchingiz nimalardan iborat?
2-
mashq.
Berilgan gaplardagi
konstitutsiya modda
lariga tegishlisini
daftaringizga ko‘chiring.
http://eduportal.uz
49
1. Barcha fuqarolar konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini
bajaradilar. (47- modda) 2. „Qobusnoma“
va boshqa kitoblardagi
hikmatlar, maqollar, ulug‘ allo
malarimizning o‘gitlari bizning o‘z
burchlarimizni bilib olishimizga yordam beradi. („Qobusnoma“dan)
3. Har bir fuqaro o‘z huquqini yaxshi bilsa va qoidalardan xabardor
bo‘lsa, hayotda qiynalmaydi. („Vatan tuyg‘usi“ kitobidan) 4. Yaxshi
qonunlar urf-odatlardan tug‘iladi. (Maqol) 5.
Har kim fikrlash, so‘z
va e’tiqod erkinligi huquqiga ega... (29- modda)
Do'stlaringiz bilan baham: