A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Qanday gaplarga kiritma gaplar deb ataladi?
2. Rassom O‘rol Tansiqboyevning ona yurt manza 
ralariga 
bag‘ishlangan asarlarining nomlarini aytib be 
ring.
3. O‘zbekiston rassomlari haqida internetdan qo‘ 
shimcha 
ma’lumotlar topib, so‘zlab bering.
Uyga vazifa. Kiritma gaplar ishtirokida 5 ta gap yozing.
http://eduportal.uz


108
Bilib oling! 
SAN’AT OLAMIDA
(Sifatning otlashishi)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Berilgan savollar asosida suhbatlashing.
1. San’at deganda nimani tushunasiz?
2. San’atning qanday turlari bor?
3. San’at asari qanday yaratiladi?
4. Taniqli san’atkorlardan kimlarni bilasiz?
Sifatlar gapda otlashib, egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalarini 
oladi, otlardek gapning hamma bo‘ 
laklari bo‘lib kelishi mumkin. 
Bunday otlashishda sifat bog‘langan ot – so‘z tushib qoladi 
hamda uning barcha xususiyatlari sifatga yuklanadi. Masalan: 
Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda. Yomonni tanqid 
qiladilar, yaxshiga taqlid. Uning go‘zalligiga termulib qaradi.
1-
mashq.
Berilgan tayanch so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzing va 
yozing.
San’at asari, san’at turlari, yoqimli qo‘shiq, chiroyli raqs, go‘zal 
manzara, nafis asar, tomoshabin, naqqosh, balet raqqosasi, xonanda, 
musavvir.
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing va ona tilingizga tarjima qiling.
San’at
San’at nima? San’at – bu go‘zallik. Hamma go‘zal narsalar ham 
san’at bo‘laveradimi? Masalan, chiroyli atirgul, bulbulning xonishi, 
kamalak kabi tabiat hodisalari ham san’atmi?
San’at – bu qachonki, biror bir asar inson qo‘li bilan yaratilsa 
va uni ko‘rgan kishining qalbi larzaga kelsa, ana shu asar san’at 
darajasiga yetgan bo‘ladi. Inson yaratilgan har qanday san’at asarining 
go‘zalligidan zavq olishi, xayolga cho‘mib qolishi, uning go‘zalligiga 
http://eduportal.uz


109
Lug‘at
sehrlanib qolishi – asarning haqiqiy san’at asari ekanligidan dalolat 
beradi.
San’atning bir necha turlari mavjud, bular: raqs san’ati, 
haykaltaroshlik, opera, balet, qo‘shiqchilik, kino san’ati, naqqoshlik, 
rassomchilik, adabiyot san’ati.
Shu san’atni yaratishda qo‘llanadigan jismlarni biz san’at qurollari 
deymiz. Masalan, rassomchilik san’atining qurollari: molbert, palitra, 
bo‘yoq, qalam, mo‘yqalam va shu kabilar.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling