418
shuncha yaxshi bo`ladi;
• o`qishdagi muvaffaqiyatlar o`quv jarayonini tezlashtiradi;
• o`qishdagi muvaffaqiyatsizliklar esa o`qishni
tashlab ketish istagini
paydo qilishi mumkin;
• ruhiy tetiklik va qiziqish sezgilari o`qishni osonlashtira di.
Ijodkor pedagoglar motivlarni vujudga keltirishga mohir bo`ladilar.
Talabalar bunday o`qituvchilar to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi:
«Mashg`ulotlar doimo qiziqarli va turli shakllarda o`tadi,
meni doim
fikrlashga undaydi», «O`qituvchining o`z faniga
qiziqishi meni n ihoyatda
hayron qoldirdi», «Mashg`ulotlar , ularda faqat quloq solib o`tirish emas,
balki faol tarzda ishlash kerakligi uchun ham yoqadi».
Talabalarning bunday baholari o`qituvchiga juda yoqadi-da - to`g`ri emasmi?
Zotan u aynan shunday natijaga erishish uchun ishlaydi.
O`qituvchi intizomiga chizgilar.
1. Ba`zilar muvaffaqiyati va ba`zilar muvaffaqiyatsizligini ta`kidlamaslik.
2. Kuchlilarni kuchsizlarga taqqoslamaslik.
3. Jamoa
oldida talabani urishmaslik, ko`proq alohida suhbat qurish.
4. Kuchsiz talabalarning kichik yutug`ini sezish, biroq keskin ta`kidlamaslik.
5. Har bir talabadagi ijobiy uchqunni topib yokish va h.k.z. individual yondashish.
Pedagog quyidagilarga e`tibor berishi zarur:
•
pedagogik
jarayon
ishtirokchilari
o`rtasida
to`g`ri
uslubdagi
munosabatlarga amal qilish;
• o`qishida qiyinchiliklar sodir bo`lgan talabalarni maqtash;
• ijobiy qaytuvchan aloqani ushlab turish;
• o`quv materialini turli xil uslublar bilan tushuntirish to`g`risida
o`ylash.
Quyidagi ko`rsatmalarga amal qiling:
• talabalarni astoydil o`qishga o`rgatish,
ularda tirishqoqlikni,
kuchli irodani, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalash;
• nihoyatda qiyin topshiriqlarning hal etilishini rag`batlantirish;
419
• maqsad, vazifa,
hisobot shakli, baholash
mezonini aniq belgilashga
o`rgatish;
• burch va javobgarlik hissini rivojlantirish;
•
eng avvalo, o`ziga talabchan bo`lishga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: