417
e) shaxsiy dasturining bajarilishini, o`z hatti -
harakatlari
orqali
maqsadiga yaqinlashayotganligini doimo tahlil qilib borishga.
8. O`z-o`zini motivlashtirish strategiyasi quyidagilardan iborat:
1) Strategiya: uzoq muddatli kelajakka reja tuzing.
2) SHeriklik: o`qish bo`yicha tanlangan sherik olganiga yarasha biror narsa
beradigan bo`lsin.
3) Tarkiblashtirish: mashg`ulotlarni doim bir xil vaqt: soat, kun, haftada
o`tkazing.
4) Taxminiy rejalash: o`qishdan ko`zlagan
maqsad va vazifala ringizni
umumiy tarzda aniqlang.
5) Motiv: o`qish mazmunini qanday qilib bugungi - ertangi kasbiy
amaliyotingiz, yoki shunchaki kundalik turmushingiz
bilan
uyg`unlashtira olishingizni aniqlang.
6) Asta-sekinlik: o`qitish mazmunini oson o`rtacha
va qiyin
o`zlashtiriladigan qismlarga ajrating va uni o`zlashtirishni dastlab
o`rtacha qiyinlikdagi, so`ngra qiyin
va nihoyat eng oson qismini
o`zlashtiring.
7) Qo`shimcha: o`qiyotgan materialga o`zingizning izohlaringiz va tarkibiy
sxemalar bilan qo`shimchalar kiriting. ehtimol, kimdir jur`at qilib bu
haqda bahslashar.
8) Mukofot: topshiriqni bajarib bo`lgandan so`ng o`zingizga o`zingiz
yoqimli so`zlar ayting.
9) Kengaytirish: sizga qiziqarli bo`lgan ayrim mavzularga oid
qo`shimcha adabiyotlar o`qing yoki uni o`rtoqlaringiz va o`qituvchi
bilan muhokoma qiling.
10) Tejamkorlik: bilim puxta bo`lishi uchun o`quv
materialining asosiy
mazmunini takrorlang, o`tilgan materialni mashqlar yordamida
mustahkamlang.
Do'stlaringiz bilan baham: