A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. PTFE kristallanish darajasini sovutish tezligiga bog’lanishi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5. Polimerlar mustahkamligiga namlik va haroratning ta’siri
3.3-rasm. PTFE kristallanish darajasini sovutish tezligiga bog’lanishi
Sovutish tezligi eng minimal bo‘lganda, ya‘ni kristall shakllanishi uchun qulay sharoit yaratilganda, kristall faza sohasi maksimal bo‘ladi. PTFE ko‘plab mexanik xossalari kristallanish darajasi ortishi bilan yomonlashadi, masalan, cho‘zilishdagi mustahkamlik che- garasi 70% gacha pasayadi, bukilishdagi mustahkamlik chegarasi 100 martagacha, zarbaga chidamlilik 15 marta pasayib ketadi. Shu bilan bir vaqtda kristallanish darajasi ortib 85% bo‘lganda, bukilishdagi elastiklik moduli 5 martaga, uzilishdagi nisbiy uzayish esa 100% ga ortadi. Keltirilgan qonuniyatlar tahlili ko‘rsatadiki, polimerni yuqori ishchi xarakteristikalariga erishish uchun minimal darajadagi kristallanishga ega polimerdan buyumlar tayyorlash kerak bo‘ladi. 125 3.5. Polimerlar mustahkamligiga namlik va haroratning ta’siri Polimer materiallarning issiqlikka bardoshliligi ularni muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. Ko‘plab plastiklar haroratga aniq reaksiya ko‘rsatadilar. Buning sababi, ularni zanjirli makro- molekulyar tuzilishga egaligi sanaladi. Makromolekulalar frag- mentlari qanchalik harakatchan bo‘lsa, ularning issiqlik ta‘siriga reaksiyasi shuncha intensiv bo‘ladi. Makrozanjirlar harakat- chanligi, demakki, harorat bo‘yicha deformatsiyalanish va mus- tahkamlik, kimyoviy tuzilish, polimerni fizik tashkillanishi (qisman kristallanish yoki amorf), ustmolekulyar tuzilmasi mor- fologiyasi (qutili, fibrillali, sferolitli, to‘rsimon), molekulalararo bog‘lanish energiyasi va ko‘rinishi va nihoyat, polimer qaysi sinfga kirishi (termoplast yoki termoreaktiv) bilan aniqlanadi. Agar deformatsiyali mustahkamlik parametrlardan kelib chiqilsa, ma‘lum standart shartlarda polimer materiallarni issiqlik reaksiyalari xossalari parametrlarini haroratga bog‘lanishi grafik ko‘rinishda yaqqol ifodalanadi. Ularni taqqoslash quyidagi amaliy xulosalarga olib keladi. 1. Termoplastning fizik-mexanik xossalari qancha past bo‘l- sa, u shunchalik haroratga sezgir bo‘ladi. Masalan, poliolefinlar orasida polipropilen (PP) ni mustahkamlik va qattiqlik bo‘yicha konstruktiv materiallarga kiritish mumkin. Uni 80 0 C haroratgacha qizdirsa, 25% standart bukilishdagi mustahkamligini yo‘qotadi, shu bilan bir vaqtda polietilen PEVP 60 0 C haroratdayoq, dastlabki mustahkamligini yarmini saqlab qoladi. 2. Amorf polimerlar deformatsiyali mustahkamlik xossalarini haroratga bog‘lanishi juda sust bo‘ladi. Lekin bu guruhlarda yuqori issiqbardoshlik xossalar mavjud. Issiqlikka yuqori 126 darajada qarshilik ko‘rsatadi. Plastiklarda PK, PETF, PSFlar T>100 0 C haroratda 70% o‘zining mustahkamligini saqlab qoladi. 3. Standart haroratdagi polimer materiallar qattiqligi ularning qizdirishdagi mustahkamligi bilan mos kelmaydi. 4. Termoplastlarga qirqilgan shisha tola kiritilishi (30% miqdorgacha), uning xossalarini issiqlikka bog‘lanishini pasay- tiradi. Ular nafaqat qizdirilganda, balki 60 0 C haroratga sovutil- ganda ham bog‘lanish sustligicha qoladi. Bu holda matritsa xususiyatini kompozit xususiyati belgilaydi. 5. Elastiklik moduli bo‘yicha xarakterlanadigan termoplastlar qattiqligiga harorat kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Qisman kristallangan termoplastlar (PEVP, PA-12, PA-66) deformatsiyalanuvchanligi nisbatan uncha keng bo‘lmagan harorat oralig‘ida (-40 dan +40 0 C) keskin o‘zgaradi. Bu xususiyatni buyum tayyorlashda e‘tiborga olish zarur. 6. Termoplastlarni zarbali qovushqoqligi harorat ortishi bilan ortadi, pasaysa, pasayadi. Ularga tolali to‘ldiruvchilar kiritish bilan zarbali qovushqoqligini orttiriladi. Namlik va suv bug‘lari ta‘siri ostida polimer materiallarda kuchli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ular gidrofil plastiklarda gidro- foblarga nisbatan aniqroq yuzaga chiqadi. Polimerga namlik diffuziyasi undagi molekulalararo o‘zaro ta‘sirni kamayishiga olib keladi. Ma‘lum darajagacha bu holat mustahkamlik nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi mumkin, lekin namlikni keyingi ortib borishi salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Lekin PETF, UPS pardalarini, sellofan va PA tolalari suvdagi mustahkamligini sinash davrida polimerga diffuziyalanib kirgan suvni plastiklovchi ta‘siri sinovni dastlabki bosqichlarida mustahkamlikni biroz ortishiga olib keladi. Ehtimol 127 bu, suv ta‘sirida ichki kuchlanishni pasayishi va relaksatsiya jarayonlarini tuzatishi hisobiga ro‘y beradi (3.4-rasm). Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling