A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
5.8. Qutbli polimerlar 
 
Polimer tuzilmasida doimiy dipollar bo‘lsa, ular qutbli 
hisoblanadi. Polimer tuzilmasidagi doimiy dipollarni ikkiga 
ajratilishi mumkin. Birinchisida polimer zanjir yon guruhlar bilan 
birga qattiq bitta konformatsiyaga birikkan. Ikkinchisida asosiy 
zanjir bukiluvchanlikka ega bo‘ladi va yon guruhlar erkin 
aylanadi. Birinchi hol ko‘proq darajada amorf yoki suyuqlikdan 
ko‘ra kristall holatlar uchun xarakterli, lekin har holda ba‘zan 
shunday vaziyat bo‘ladiki, konformatsiyalardan biri shunday 


198 
energetik qulay joylashadiki, ular kristall bo‘lmagan holatda ham 
saqlanadi. Agar polimer konformatsiyasi mustahkam birikkan 
bo‘lsa, molekulani natijaviy momenti alohida segmentlar 
momentlari qo‘shilishidan yoki ayrilishidan to‘planib hosil 
bo‘ladi. Politetraf-toretilen uchun cho‘zinchoq konformatsiyada 
almashib keluvchi CF
2
guruhlarni katta dipol momentlari aniq 
konfiguratsiyasi saqlanib muvozanatlashadi va shu sababdan 
bunday modda dielektrik kirituvchanligi xuddi qutbsiz polimer-
larga o‘xshab past bo‘ladi (5.14-rasm, a). Lekin, molekula kon-
formatsiyasida dipol yo‘nalish olishida uncha katta bo‘lmagan, 
ammo o‘lchashga imkon beradigan darajadagi effektlar uchun 
javobgar, bu doimo mavjud bo‘ladigan nuqsonlardir. Masalan, 
spiralsimon konformatsiya uchun kristall fazali bu polimerni 
dipol momentlari ham o‘zaro kompensatsiyalanib muvozanat-
lashadi. Aksincha, polivi-nilxloridni C-Cl-guruhi tekis zigzak 
konformatsiyada yig‘ilishga moyilroq bo‘lgani uchun dielektrik 
kirituvchanligi yuqori (5.14-rasm, b).
5.14-rasm. Polimer zanjirida qutbli guruhlarni joylashish chizmasi: a) 
kompensatsiyalanib muvozanatlashgan dipollar, b) addittiv dipollar 
Ba‘zi bir sintetik polipeptidlar uchun ajoyib addittivlik effekti 
kuzatiladi. Masalan, (CO-CHR-NH-)
n
srtuktura formulasiga ega 
poli-
-benzil-L-glyutamat. Bu yerda R=-CH
2
- CH
2
-COO- CH
2



199 
C
6
H
5
. Bu birikma eritma holida vodorod bog‘ bilan barqaror-
lanadigan 
- spiral konformatsiyani qabul qiladi, bu holda 
takrorlanuvchi qismni aksial dipol momenti 4,14∙10
-30
Km ga 
teng. Odatda molekulyar massa 500000 bo‘lganda, molekulaning 
to‘la aksial dipol momenti 10000∙10
-30
K·sm ni tashkil etadi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling