A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
205 5.11. Dielektrik relaksatsiya. Kompleks dielektrik kirituvchanlik va dielektrik isrof Molekulyar dipollar yo‘nalish olishi uchun xarakterli chasto- tasi odatda elektron o‘tishlarga yoki bog‘lar tebranishiga nisbatan sekin jarayon. Undan tashqari, barcha molekulalarda yo‘nalish olish bir vaqtda ro‘y bermaydi, sekin asta o‘rtacha yo‘nalish olishga issiqlik qo‘zg‘atishi zaminida erishiladi. Faqat elektr maydon qo‘yilgandan keyin yetarlicha vaqt o‘tgach muvozanatli yo‘nalish olishga erishiladi va materialda eng katta dielektrik kirituvchanlikka mos keluvchi maksimal qutblanish yuzaga keladi. Uni statik dielektrik kirituvchanlik deyiladi . Ikkinchi tomondan, agar qutblanish maydon qo‘yilgandan so‘ng bevosita o‘lchansa, ya‘ni yo‘nalish olish holi o‘zining muvozanat holatidan uzoqda bo‘lganda u oniy dielektrik kirituvchanlik bo‘lib, u hali kichik va faqat deformatsion mexanizm bilan yuzaga keladi. Vaqt shkalasini bu ikki chetki nuqtalari orasida dielektrik kirituvchanlikni dispersiyasi, ya‘ni yuqori qiymatdan pastki qiymatga o‘tish ro‘y beradi. Bu hodisani dielektrikka burchak chastotali va amplitudali o‘zgaruvchan elektr maydon qo‘yib qonun bo‘yicha o‘zgarishini ko‘raylik. Bu sharoitda o‘zgaruvchan yo‘nalishli qutblanish yuzaga keladi va agar chastota yetarlicha katta bo‘lsa, dipollarni yo‘nalish olishi qo‘yilgan maydon o‘zgarishidan kech qola boshlaydi. Buni matematik tarzda xuddi faza bo‘yicha elektr siljishni kech qolishi kabi ifodalash mumkin: , buni boshqacha ko‘rinishda ham yozish mumkin , bu yerda va . Bulardan dielektrik kirituvchanlikning ikki komponentalarini va 206 munosabat bilan bog‘langan holda aniqlash mumkin. Bu ikki kattalikni birgalikda qarash qulay bo‘ladi, agar ularni bir kompleks dielektrik kirituvchanlikka birlashtirilsa: . Haqiqiy va mavhum qismlarni ma‘nosini 5.15-rasmda ko‘rsatilgandek material bilan to‘ldirilgan kondensator sig‘imi o‘zgarishini ko‘rib o‘tish orqali oson tushunish mumkin ( – bo‘sh kondensator sig‘imi). Haqiqiy qism kabi o‘zgaruvchan kuchlanish qo‘yilgandan so‘ng tashqi zanjir bo‘ylab oqayotgan I tok quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: . Bu tokning sig‘imiy tashkil etuvchisi bor bo‘lib, kuchlanishdan 90° ga oldinga o‘tib ketadi va uning qarshilikli tashkil etuvchisi kuchlanish bilan faza bo‘yicha bir xilda bo‘ladi. Ish faqat oxirgi tashkil etuvchi bilan bajarilishi mumkin va ilgari aniqlangan fizik ma‘nosi tushunarli bo‘ladi. (ya‘ni ). - dielektrik isrof omili deyiladi. - odatda dielektrik isrofni tangensi yoki yo‘qotish koeffitsiyenti deyiladi. va tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va g keng chastota diapozonida dielektrik dispersiyani xarakterlaydi. Olingan natijalarni tahlil qilish uchun o‘lchanadigan makroskopik kattaliklar bilan tashqi maydonga molekula javobini ifoda eta oladigan model yordamida molekula xossalari orasida bog‘lanishni o‘rnatish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling