A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
5.9. O’rta kvadratli moment 
 
Umumiy holda polimerli molekulalar bitta fiksirlangan 
konformatsiyada turmaydi va tajriba natijalari kattaligi, o‘rtacha 
kvadratli dipol momenti turli konformatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha-
lashtirilgan bo‘ladi. Har bir momentda molekulani to‘la momenti 
⃗⃗ barcha segmentlari momentlarining
⃗⃗⃗⃗⃗ vektor yig‘indisiga 
teng.
⃗⃗ ∑
→ 
Bunday molekulalar ko‘pligining moment kvadratini o‘rta-
chasi quyidagicha aniqlanadi: 
̅̅̅̅ ∑

̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅
∑ ∑
̅̅̅̅
̅̅̅̅
∑ ∑
̅̅̅̅̅̅̅̅
Bu yerda 
̅̅̅̅̅̅̅̅ i va j qismlar momentlari yo‘nalishlari orasidagi 
burchak bo‘lib, u barcha polimer molekulalar bo‘yicha o‘rtacha-
lashtirilgan. 
Bu kattalik real holda kimyoviy bog‘ga, qo‘shni fragmentlar 
zanjiri orasidagi ishqalanishni qiyinlashishiga, zanjir bo‘ylab 
dipol-dipol o‘zaro ta‘sirga va shuningdek, qo‘shni molekulalar 
bilan o‘zaro ta‘sirga qo‘yiladigan cheklashlarga bog‘liq bo‘ladi. 


200 
Tenglamadan takrorlanuvchan polimer zanjir qismlarini effektiv 
o‘rta kvadratli momenti uchun ifoda olish mumkin va shunday 
usulda polimerni 
korrelyatsiya segmental omili kattaligini 
aniqlash mumkin: 
̅̅̅̅
(
∑ ∑
̅̅̅̅̅̅̅̅
)
Bu jarayonda molekulalar ichidagi o‘zaro ta‘sir yetakchilik 
qiladi va bu korrelyatsiya omili 
kattaligini tahlili uchun asos 
bo‘ladi. Molekulalararo ta‘sir ikkinchi tartibli g‘alayon vazifasini 
o‘ynaydi. Muhim holatlardan biri shunday vaziyatki, bu vazi-
yatda polimerning uglerodli zanjiri bo‘ylab joylashgan segmental 
dipollar uning konturiga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. 
Qisman dipollar korreksiyasi uglerod-uglerod bog‘ni tetraedrik 
ko‘rinishda mustahkamlangan, lekin zanjirni asosiy bog‘i C-C 
atrofida aylanishi imkoniyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ozod 
aylanish uchun ko‘rsatish mumkinki 
bo‘ladi. 
Haqiqatda, to‘la ozod aylanish kam uchraydi, masalan n-
parafinda, trans-izomer energiyasi gosh-izomer energiyasidan 3 
kJ/mol ga kichik va xona haroratida birinchi konfiguratsiya 
qulayroq bo‘ladi, shuning uchun 
kattalik CH
2
dipollari uchun 
pasayadi. Umumiy 

formulada qator poliefir-
larni nazariy qaralishi dipollar segmental korreksiyasi mexa-
nizmini yaxshi tasvirlaydi. Sifat jihatdan tahlil bilan cheklanib, 
dastlab aytish kerakki, dipol momentiga barcha qator uchun 
amalda bir xildagi ulushni asosiy zanjirdagi kislorod beradi 
(μ=3,8∙10
-30
Km). Eng sodda tuzilmali poliefirda, polioksi-
metilinda zanjirdagi qo‘shni dipollar juda yaqin joylashadi va 
ularni itarishishi kuchli. Shu sababdan spiral, gosh-konformatsiya 
energetik qulay hisoblanadi va uning past qiymatli 
̅̅̅̅ ga ega 
bo‘lishiga dipollarni antiparallel yo‘nalish olishi va ularni o‘zaro 


201 
kompensatsiyalanib, muvozanatlashgani sabab bo‘ladi. Harorat 
ortishi bilan kichik qiymatga ega dielektrik kirituvchanlik 
(
) ortadi. Buni qulayligi kam bo‘lgan trans-konformatsi-
yani parallel yo‘nalishli dipollar ulushi ortib borishi bilan 
tushuntiriladi. Qatorning keyingi a‘zosi polietilen oksidda dipol-
lar katta masofada turishadi. 
̅̅̅̅ qiymati oraliq qiymat oladi va 
amalda haroratga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu esa, trans va gosh 
izomerlar taxminan bir xil energiyaga ega bo‘ladi deyishga olib 
keladi. Qatorning uchinchi vakili, politrimetilenoksidda dipol-
dipol ta‘siri zanjir bo‘ylab kam va transkonformatsiya biroz 
energetik qulay (4 kJ/mol atrofida). Dipollarni parallel yo‘nalish 
olishiga transkonformatsiya
javobgar
bo‘lgani uchun harorat 
ortishi bilan dielektrik kirituvchanlik kamayishini kutish mumkin, 
bu haqiqatdan ham kuzatiladi. Nihoyat, politetrametilenoksidda 
trans konformatsiya ham energetik qulay, lekin u dipollarni 
antiparallel yo‘nalish olishi uchun javob beradi va dielektrik 
kirituvchanlik haroratning ortishi bilan ortishi kuzatiladi. Qat‘iy 
aytganda, yuqoridagi keltirilgan mulohazalar polimerlar izotaktli 
bo‘lgandagina o‘rinli bo‘ladi. Agar polimerning asosiy 
zanjiridagi hamma qismlar bir xil konformatsiyaga ega bo‘lmasa 
va sindiotaktlilar qatnashsa, yoki taktlari buzilgan izomerlar 
bo‘lsa, dipollar segmental korreksiyasini sodda modeli 
ishlamaydi va chuqurroq o‘rganishni talab etadi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling