A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. KMS – MFO asosli IPK pardalar deformatsiyali – mustahkamlik


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.9-rasm. KMS – MFO asosli IPK pardalar deformatsiyali – mustahkamlik 
bog’lanishlari. 
Harorat 25
0
C, quruq havoli holatda komponentalari nisbatlari: KMS: 
MFS = 3 : 1(1); 3:2 (2); 3:4 (3); KMS (4) 
a – MFSI (7% triazinonli sikllar) 
b – MFSII (15 % triazinonli sikllar)
IPK KMS – MFS sistemada MFS miqdorini ekvimol tarkibga 
qadar ortishi bilan KMS va MFS orasida molekulalararo ta‘sir 
ortadi va KMS makromolekulalari kinetik bukiluvchanligi kama-
yadi. Bu holat (2.10-rasm) polimer materialni elastiklik xususi-
yatlarini kuchayishida ifodalanib, elastiklik moduli ortishi bilan 
tasdiqlanadi. 
2.10-rasmdan ko‘rinadiki, elastiklik moduli maksimumi va 
o‘z navbatida mexanik xossalari ham komponentalarni ekvimol 
tarkibiga to‘g‘ri keladi. 
Sistemada MFS miqdorini keyingi ortib borishida, ya‘ni 
dispers faza hajmiy ulushi ortsa, elastiklik moduli yana pasayadi. 
Odatda IPK hosil bo‘lishi jarayonida polimer – polimerli 
komplekslar komponentalarini tashkil etuvchi makromolekula-
larini konformatsiya o‘zgarishi bo‘lib o‘tadi. KMS eritmasiga 
MFOI eritmani qo‘shilganda ham shunday jarayon ro‘y beradi, 


83 
ya‘ni polikompleks zarralarini o‘zaro ta‘sirlardagi makromoleku-
lalarini ikki tortqili o‘ramsimon tuzilmalar hosil qilib tahlanishi 
ro‘y beradi. 
Agar IPK eritmasida KMS yoki MFO miqdori ortiqcha 
qatnashsa, bunday eritmalardan olinadigan pardalar geterogen 
tuzilmaga ega bo‘ladi. KMS makromolekulalari IPK olinishi 
sharoitlarida (pH = 2-3) statistik o‘ram holatida bo‘ladi, MFS 
makromolekulalari esa, uch o‘lchamda choklangan MFS zarrasini 
hosil qiladi. Shunday qilib, IPK–KMS yoki IPK–MFS 
sistemalarda geterogen tuzilmalarni hosil bo‘lishi, yuklamani 
notekis taqsim-lanishga olib kelishi va elastiklik modulini 
pasayishiga olib keli-shi mumkin. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling