A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. pH=2,5 qiymatlarda olingan IPK pardalari bo’kish darajasini


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.7-rasm. pH=2,5 qiymatlarda olingan IPK pardalari bo’kish darajasini 
bo’kish muhiti – pH ga bog’lanishi 
1 - KMS – MFSI, 7 % triazinonli sikllar.
2 - KMS – MFSII, 15 % triazinonli sikllar. 
Harorat 25
0
С. 
Bu holat MFSlari dispers faza ko‘rinishida bo‘ladigan MFO 
polikompleks kompozit sistemani uch o‘lchamli polikondensatsi-
yalanishi natijasida hosil bo‘ladigan mikrogeterofazali tuzilma 
bilan yaxshi mos keladi. Ishqor fazalararo o‘zaro ta‘sirni samarali 
ekranlash bilan birga, KMS karboksil guruhlari ionlashishi 
hisobiga vodorod bog‘larini ham, MFS aminoguruhlarini 


78 
protonsizlantirish hisobiga tuz bog‘larini ham buzadi (VIII-
chizma).
VIII chizma 
Shu bilan bir vaqtda ishqoriy eritma KMS uchun tanlangan 
erituvchi ham hisoblanadi.
Shunday qilib, IPK pardalarining xossalari ularni olinish 
jarayonida muhit pH qiymati o‘zgarishiga, hamda komponentalar 
ta‘sirlashuv tabiatiga va nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bular inter-
polimer komplekslarni suv va qishloq xo‘jaliklarida tuzilmalan-
tiruvchilar, dispers sistemalarni o‘rnatuvchilar va boshqalarda 
amaliy qo‘llanishni belgilaydi. Haqiqatan ham, kelgusida, amalda 
qo‘yilgan aniq masalaga bog‘liq holda oldindan berilgan xossa-
larga ega IPK material olish imkoni mavjud. IPK fizik-kimyoviy 
xossalari ularni amalda filtrlanishga qarshi ekranlar, suv va 
qishloq xo‘jaliklarida tuzilmalantiruvchilar sifatida qo‘llanili-
shini aniqlaydi. IPK pardalarni yutish va ultrafiltrlash xossalarini 
o‘rganish ularni gaz va suv o‘tkazuvchanligini aniqlsh o‘simlik-
shunoslikda membrana sifatida qo‘llanishi sohalari imkoniyat-
larini belgilash uchun zarur hisoblanadi. IPK va ularning KMS va 
MFO asosli turlicha tuzilmali kompozitlarning membrana 
o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti ―K‖ doimiy p=0,2 kg/sm
2
bosim 
ostidagi bog‘lanishi 2.8-rasmda keltirilgan. Ko‘rinadiki, membra-
nalar ―K‖ qiymatlari MFS miqdori ekvimol tarkibgacha ortganda 
kamayadi, MFS yanada ortishi esa, membrana o‘tkaza olish 
koeffitsiyentini oshira boshlaydi. Ma‘lumki, polimer pardalar suv 


79 
o‘tkazuvchanligi molekulalararo bog‘lar soniga, makromoleku-
lalar taxlanish zichligiga va parda gidrofilligiga bog‘liq bo‘ladi.
IPK komponentalaridan biri, yoki ikkinchisini ortiqchalash-
tirib membrana o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini orttirish, yoki 
bo‘shashtirish geterogen g‘ovak tuzilmalar hosil bo‘lishi bilan 
bog‘liq.
Suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti ―K‖ning qiymati, 7% 
triazinonli sikllarga ega IPK KMS-MFSI pardalarda, MFS 
zanjirida 15%li triazinonli sikllarga ega bo‘lgan IPK parda-
larinikidan yuqori bo‘ladi. Bu IPK–MFSII pardalarda ko‘p 
miqdordagi molekulalararo tuz bog‘larini hosil bo‘lishi bilan 
bog‘liq. IPKning barcha variantlarida ekvimol tarkibga yaqin 
qiymatlarda o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti minimal qiymatga ega 
bo‘ladi va u IPKda bir jinsli to‘rlar hosil bo‘lishiga olib keluvchi 
makromolekulalar o‘zaro ta‘sirini ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling