A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Interpolimer komplekslarning fizik xossalari va ular


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.7. Interpolimer komplekslarning fizik xossalari va ular 
asosidagi kompozitlar 
Kislotali aralashmalardan tuzilgan polielektrolitlar va asosiy 
polimerlarning fizik xossalari additivlikdan chetlashadi. Bu esa 
polimerlar orasida o‘zaro ta‘sir mavjudligini ko‘rsatadi. Hosil 
bo‘layotgan IPK fizik xossalari amorf polimernikiga yaqin 
bo‘ladi. Buni IPK issiqlik o‘tkazuvchanligini 300-500K harorat 
orasidagi bog‘lanishlari ham isbotlaydi. 
Materiallarning issiqlik xossalarini o‘rganishni an‘anaviy 
usullari yupqa pardalarni issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘rganish 
uchun yaramaydi, chunki ular namuna qalinligiga va o‘lcham-
lariga ma‘lum talablar qo‘yadi, undan tashqari polimerlardagi 
relaksatsiya jarayonlari ularning issiqlik xossalariga salmoqli 
ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularning makromolekula dinami-


98 
kasi bilan bog‘liq issiqlik tarqalishi va yutilishi qonuniyatlarini 
o‘rganishda kam inersiyali zonddan foydalanib, qisqa muddatli 
davriy qizdirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bunday usuldan foydalanishni yanada o‘rinli bo‘lishi shundaki
bunda issiqlik o‘tkazuvchanlik relaksatsion ulushlardan holi 
bo‘ladi va toza molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlikni beradi. 
2.14-rasmda to‘rtta namunalar: 1-dastlabki KMSI; 2-IPK KMS-
MFS; 
3-KMS-PMAG; 
4-KMS-PGMG 
uchun 
issiqlik 
o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘lanishi keltirilgan. 
Issiqlik o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘lanishida quyidagi 
xususiyatlarni ta‘kidlash mumkin: 300-500K oraliq harorat ortishi 
bilan 
bog‘lanishda haroratni bo‘ylama akustik tolqinlarini 
issiqlik o‘tkazuvchanlikka beradigan ulushi bilan bog‘langan 
yotiq ko‘tarilish ro‘y beradi, 350-400K sohada λ simon cho‘qqilar 
kuzatiladi, keyingi harorat ortishida issiqlik o‘tkazuvchanlik 
chiziqli ortadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, KMS-MFS kompleks 
uchun issiqlik o‘tkazuvchanlik (2.14-rasm 2-bog‘lanish) tekis 
o‘zgarib, cho‘qqi bo‘lmaydi. Bu KMS-MFS kompleksda issiqlik 
o‘tkazuvchanlikda salmoqli ulushni tuz va vodorod bog‘lari 
beradi. Bunda 
va λ simon sohani sellyu-lozani turli 
efirlarida 330-340K da bo‘ladigan glyukozasimon halqalar 
konformatsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘lash mumkin. 
IPK KMS-PMAG, KMS-PGMG hosil bo‘lishida KMS 
karboksilatanionli guruhlari va PMAG, PGMG aminoguruhlarini 
o‘zaro ta‘sirlashuvi ro‘y berishi natijasida interpolielektrolitli tuz 
bog‘lari yuzaga keladi. 
Ta‘kidlash kerakki, komplekslardagi sakrash kattaligi inter-
polimer bog‘lar energiyasi ortishini xarakterlaydi.
KMSning o‘zida sakrash kuzatilmaydi. Anomal cho‘qqi 
kengligi makromolekula tebranishlari spektrini aniqlab, uning 


99 
tuzilmasi murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. Anomallikni past 
haroratlar tomon siljishini PMAG polikationi past darajada poli-
merlanishi natijasi deb qaralishi mumkin, bunda yuqorida keltiril-
gan IPK polikationlari polimerlanish darajasi ortishi bilan χ(T) 
ortishi kuzatiladi (400-500K sohaga qarang) va bu yarim emperik 
Ayerman modeli bilan yaxshi mos keladi 
Unga ko‘ra: 
Bu yerda 

cheksiz katta molekulyar massali polimer 
issiqlik o‘tkazuvchanligi, A-const 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling