A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
113 II bobga doir savollar 1. IPK yordamida tuzilmalantirish qanday ro‘y beradi? 2. IPK fizik va kimyoviy xossalari haqida nimalarni aytish mumkin? 3. IPK pardalarni shishuvchanligi deganda nimani tushunish mumkin? 4. IPK membranalari qanday xossalarga ega? 5. KMS-MFS sistema pardalari mustahkamligi nimalarga bog‘liq? 6. Potensiometrik titrlash bog‘lanishlari qanday xulosalar bera oladi? 7. KMS elektr o‘tkazuvchanligini haroratga bog‘lanishini o‘rganish orqali qanday ma‘lumotlar olish mumkin? 8. Yupqa pardalar issiqlik o‘tkazuvchanligidagi sakrashlar nimani anglatadi? 9. KMS asosidagi IPKlarda relaksatsion jarayonlar qanday usulda o‘rganiladi? 10. Namga sezgirligi yuqori bo‘lgan datchiklarni qanday olsa bo‘ladi? 114 III BOB. POLIMERLI KOMPOZIT MATERIALLARNING MEXANIK XOSSALARI 3.1. Kompozitlarning mexanik xossalari Polimerli kompozitlarning mexanik xossalari tashqi yuklama ta‘sirida buzilishi va deformatsiyalanishini belgilaydi. Materialning asosiy mexanik xossalaridan biri, mustahkamlik bo‘lib, u tashqi kuchlar ta‘sirida buzilishga qarshilik ko‘rsatishini xarakterlaydi. Polimerning buzilishi deganda uni qismlarga uzilishini (tu- tashlik buzilishi) tushuniladi. Buzilish jarayonida bo‘linish chega- rasida yangi sirt yuzaga keladi. Mustahkamlik yuklama ta‘siri davomiyligiga, haroratga, polimer tuzilmasiga, tuzilmadagi turli nuqsonlar mavjudligiga, tuzilmadagi molekulalar yo‘nalishiga, molekulyar massaga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Polimerli materiallar qattiq jismlar bilan umumiy bo‘lgan va shu bilan birga o‘ziga xos buzilish qonuniyatlariga ega. Ularga yuklama ta‘siri davomiyligi (mustahkamlikni vaqtga bog‘lanishi), harorat (haroratga bog‘lanishi), kuchlanish holati ko‘rinishi, molekulyar massa va polimer tuzilmasi kiradi. Turli fizik holatlarda (relaksatsion holatlarda) polimerli kom- pozitlar turlicha o‘ziga xos buzilish mexanizmlari bilan xarak- terlanib, ko‘p holatlarda relaksatsion jarayonlar salmoqli ro‘l o‘ynaydi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling