A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Dastlabki KMS namuna uchun dielektrik isrofni burchak tangensi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.18-rasm. Dastlabki KMS namuna uchun dielektrik isrofni burchak tangensi 
tgδ (1.2) va dielektrik kirituvchanlik ɛ (1'.2') pH=2.5 bo’lgandagi haroratga 
bog’lanishi, (1,1') qayta skanerlanganda, 2.2' birinchisida, f=10 kGs 


106 
Ko‘rinadiki, keyingi qizdirish sikllarida namunalarni qizdi-
rish davomida ɛ'ni haroratga bog‘liqligidagi keskin o‘zgarish 
sohasi ham yuqori haroratlar tomon siljiydi (2.18-rasm 1 va 2-
egrilar). Aniqlangan holatlarni birinchi termosikllarda namu-
nalarni 450K gacha qizdirishda yutilgan suvni qisman bug‘lanishi 
bilan tushinish mumkin.
Ma‘lumki, KMS va shuningdek uning asosidagi IPK uchun 
suv plastifikator vazifasini bajaradi. Shu tufayli suvni qisman 
bug‘lanishida ko‘rsatilgan polimerlarda relaksatsion o‘tishlar 
ancha yuqori haroratlar tomon siljiydi. KMS da kuzatiladigan 
bog‘lanishlar barcha o‘rganilgan IPK uchun ham o‘rinli bo‘ladi. 
Yuqoridagi barcha hodisalar qaytar xususiyatga ega, ya‘ni 
KMS va IPK namunalarini qizdirilgandagi dielektrik xarakte-
ristikalari namunalarni xona haroratidagi havoda ushlab turili-
shida suv yutilishi bilan qayta tiklanadi.
Shu vaqtning o‘zida tgδ maksimumlari siljishi yuqori 
haroratlar tomon bo‘ladi. 
2.19-rasmda havoda 423 K haroratda 1 soat davomida qizdi-
rilgan turli komplekslar ɛ' va tgδ kattaliklarining haroratga 
bog‘lanishi keltirilgan: KMS-PMAG (1 va 1
'
-egrilar), KMS-
PGMG (2 va 2
'
-egrilar) va KMS-MFS (3 va 3
'
-egrilar). 2.19-
rasmda keltirilgan bog‘lanishlar shakli ozod zaryadli tashuvchilar 
Debay relaksatsiyasi mexanizmi uchun xarakterli va kuzatilgan 
dielektrik kirituvchanlik dispersiyasi issiqlik ionli qutblanish 
modeli doirasida tushuntirilishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, 
KMSni PGNG, PMAG va MFSlar bilan o‘zaro ta‘siridan hosil 
bo‘ladigan IPK yangi interpolimer birikma bo‘lib, uning xossalari 
tashkil etuvchi polimerlar xossalaridan kuchli farq qiladi. Bu 
holat IPK dielektrik xarakteristikalarini o‘zgarishida yuzaga 
chiqadi.


107 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling