A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. PTFE kristallanish darajasini sovutish tezligiga bog’lanishi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

3.3-rasm. PTFE kristallanish darajasini sovutish tezligiga bog’lanishi 
Sovutish tezligi eng minimal bo‘lganda, ya‘ni kristall 
shakllanishi uchun qulay sharoit yaratilganda, kristall faza sohasi 
maksimal bo‘ladi.
PTFE ko‘plab mexanik xossalari kristallanish darajasi ortishi 
bilan yomonlashadi, masalan, cho‘zilishdagi mustahkamlik che-
garasi 70% gacha pasayadi, bukilishdagi mustahkamlik chegarasi 
100 martagacha, zarbaga chidamlilik 15 marta pasayib ketadi. 
Shu bilan bir vaqtda kristallanish darajasi ortib 85% bo‘lganda, 
bukilishdagi elastiklik moduli 5 martaga, uzilishdagi nisbiy 
uzayish esa 100% ga ortadi.
Keltirilgan qonuniyatlar tahlili ko‘rsatadiki, polimerni yuqori 
ishchi xarakteristikalariga erishish uchun minimal darajadagi 
kristallanishga ega polimerdan buyumlar tayyorlash kerak 
bo‘ladi.


125 
3.5. Polimerlar mustahkamligiga namlik va haroratning 
ta’siri 
Polimer materiallarning issiqlikka bardoshliligi ularni muhim 
xususiyatlaridan biri sanaladi. Ko‘plab plastiklar haroratga aniq 
reaksiya ko‘rsatadilar. Buning sababi, ularni zanjirli makro-
molekulyar tuzilishga egaligi sanaladi. Makromolekulalar frag-
mentlari qanchalik harakatchan bo‘lsa, ularning issiqlik ta‘siriga 
reaksiyasi shuncha intensiv bo‘ladi. Makrozanjirlar harakat-
chanligi, demakki, harorat bo‘yicha deformatsiyalanish va mus-
tahkamlik, kimyoviy tuzilish, polimerni fizik tashkillanishi 
(qisman kristallanish yoki amorf), ustmolekulyar tuzilmasi mor-
fologiyasi (qutili, fibrillali, sferolitli, to‘rsimon), molekulalararo 
bog‘lanish energiyasi va ko‘rinishi va nihoyat, polimer qaysi 
sinfga kirishi (termoplast yoki termoreaktiv) bilan aniqlanadi. 
Agar deformatsiyali mustahkamlik parametrlardan kelib 
chiqilsa, ma‘lum standart shartlarda polimer materiallarni issiqlik 
reaksiyalari xossalari parametrlarini haroratga bog‘lanishi grafik 
ko‘rinishda yaqqol ifodalanadi. Ularni taqqoslash quyidagi 
amaliy xulosalarga olib keladi.
1. Termoplastning fizik-mexanik xossalari qancha past bo‘l-
sa, u shunchalik haroratga sezgir bo‘ladi. Masalan, poliolefinlar 
orasida polipropilen (PP) ni mustahkamlik va qattiqlik bo‘yicha 
konstruktiv materiallarga kiritish mumkin. Uni 80
0
C haroratgacha 
qizdirsa, 25% standart bukilishdagi mustahkamligini yo‘qotadi, 
shu bilan bir vaqtda polietilen PEVP 60
0
C haroratdayoq, 
dastlabki mustahkamligini yarmini saqlab qoladi.
2. Amorf polimerlar deformatsiyali mustahkamlik xossalarini 
haroratga bog‘lanishi juda sust bo‘ladi. Lekin bu guruhlarda 
yuqori issiqbardoshlik xossalar mavjud. Issiqlikka yuqori 


126 
darajada qarshilik ko‘rsatadi. Plastiklarda PK, PETF, PSFlar 
T>100
0
C haroratda 70% o‘zining mustahkamligini saqlab qoladi.
3. Standart haroratdagi polimer materiallar qattiqligi ularning 
qizdirishdagi mustahkamligi bilan mos kelmaydi.
4. Termoplastlarga qirqilgan shisha tola kiritilishi (30% 
miqdorgacha), uning xossalarini issiqlikka bog‘lanishini pasay-
tiradi. Ular nafaqat qizdirilganda, balki 60
0
C haroratga sovutil-
ganda ham bog‘lanish sustligicha qoladi. Bu holda matritsa 
xususiyatini kompozit xususiyati belgilaydi. 
5. Elastiklik moduli bo‘yicha xarakterlanadigan termoplastlar 
qattiqligiga harorat kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Qisman kristallangan 
termoplastlar (PEVP, PA-12, PA-66) deformatsiyalanuvchanligi 
nisbatan uncha keng bo‘lmagan harorat oralig‘ida (-40 dan 
+40
0
C) keskin o‘zgaradi. Bu xususiyatni buyum tayyorlashda 
e‘tiborga olish zarur.
6. Termoplastlarni zarbali qovushqoqligi harorat ortishi bilan 
ortadi, pasaysa, pasayadi. Ularga tolali to‘ldiruvchilar kiritish 
bilan zarbali qovushqoqligini orttiriladi.
Namlik va suv bug‘lari ta‘siri ostida polimer materiallarda 
kuchli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ular gidrofil plastiklarda gidro-
foblarga nisbatan aniqroq yuzaga chiqadi.
Polimerga namlik diffuziyasi undagi molekulalararo o‘zaro 
ta‘sirni kamayishiga olib keladi.
Ma‘lum darajagacha bu holat mustahkamlik nuqtai nazaridan 
foydali bo‘lishi mumkin, lekin namlikni keyingi ortib borishi 
salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Lekin PETF, UPS pardalarini, sellofan va 
PA tolalari suvdagi mustahkamligini sinash davrida polimerga 
diffuziyalanib kirgan suvni plastiklovchi ta‘siri sinovni dastlabki 
bosqichlarida mustahkamlikni biroz ortishiga olib keladi. Ehtimol 


127 
bu, suv ta‘sirida ichki kuchlanishni pasayishi va relaksatsiya 
jarayonlarini tuzatishi hisobiga ro‘y beradi (3.4-rasm). 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling