A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

x
); 2 – mo’rtlashmagan (T>T
CT
); 3 – yopishqoq elastik (T>T
CT
). 
Nisbatan yuqori haroratlarda yuqorielastik holatda (3-egri) 
cho‘zilish diagrammasi plastik metal cho‘zilishi bog‘lanishini 
eslatadi. Bu yerda chegaraviy kuchlanish sifatida plastiklik 
chegarasi 
qabul qilinib, undan yuqorida yuqorielastiklik 
deformatsiya o‘sishi bilan bir qatorda yopishqoq oqim kuzatiladi.
Bir o‘qli cho‘zilishda deformatsiyani kuchlanishga chiziqli 
bog‘langan elastik uzayishi ro‘y beradi (3.1-rasmda to‘g‘ri 
chiziq) va Guk qonuni bajariladi.
Bu yerda E
P
– cho‘zilishdagi elastiklik moduli. 
Elastiklik moduli mexanik xossalarni muhim xarakteristikasi 
hisoblanadi. Yuklanish sharoitiga bog‘liq holda elastiklik moduli 
siqilishdagi E
C
va bukilishdagi E
EG
kabi aniqlanishi mumkin.
Polimerli materiallar plastikligini metallarniki singari nisbiy 
uzayish 
orqali xarakterlanadi. U cho‘zilishdagi namuna uzayi-
shini dastlabki uzunligiga nisbatini foizlardagi miqdorini 
belgilaydi.


117 

Bu yerda 
va 
namunani plastik deformatsiyagacha va 
deformatsiyadan keyingi uzunligi. 
Qattiqlik. Material qattiqligi metallardagi kabi indentor 
bosish usulida sinash orqali aniqlanadi. Ko‘p hollarda plastmas-
salarni sinash uchun Brinel usulidan foydalanib, qattiq sharni sirt-
ga bosganda uning qoldirgan izi orqali qattiqlik HB aniqlanadi. 
3.3. Polimerli materiallarning buzilish mexanizmlari 
Hozirgi kunda material mustahkamligi masalasiga uch xil 
yondashish mavjud: mexanik, termodinamik va kinetik. Mexanik 
yondashuvning mohiyati oldingi paragrafda ko‘rganimizdan 
iborat.
Termodinamik va kinetik yondashuvlar termodinamika qo-
nunlari va tuzilmani hisobga olgan holda, polimerlar buzilish 
jarayonlari tabiatini va ular mexanizmini tushunishga imkon 
yaratadi.
Termodinamik yondashuv uzilish jarayonida elastik energiya 
sochilishi va uni issiqlikka aylanishi bilan bog‘lanadi. Bunday 
mexanik yo‘qotishlarni hisobga olish termodinamikaning birinchi 
qonuniga asoslanadi. Polimerlar deformatsiyalanishida mexanik 
yo‘qotishlarni xarakterlagani tufayli bunday yondashuvning 
ahamiyati katta. Termodinamik yondashuvda, shunday kritik 
(chegaraviy) kuchlanish mavjudki, uning qiymatiga yetganda, 
namunaning elastik energiyasi uzilishdagi energiya yo‘qolishiga 
teng bo‘ladi deb qaraladi. Qattiq jismlar buzilishini termodinamik 
yondashuv asosida tadqiq etish Griffitning mustahkamlik 
nazariyasidan boshlandi. Bu nazariya va undan keyingi ko‘plab 


118 
ishlarda buzilish ro‘y berishini ko‘rayotganda ularda yuklama 
qo‘yilgunga qadar dastlabki mikrodarzlar bo‘ladi deb qaraydi. 
Qo‘yilgan cho‘zuvchi kuchlanish 
ta‘siri ostida mikrodarzlar 
chekkalarida namunaning o‘rtacha kesimi uchun hisoblangan 
o‘rtacha kuchlanishdan ko‘p martalab ortiq bo‘lgan mahalliy 
ortiqcha kuchlanish yuzaga keladi. Griffit 
uzunlikdagi 
boshlang‘ich ko‘ndalang darzni o‘sish shartini namunaning 
elastik va sirt ozod energiyalari balansi nuqtai nazaridan qarab 
chiqdi,

Bu yerda 
- Griffit bo‘yicha buzilishni chegaraviy kuch-
lanishi, 
- Yung moduli, - material ozod solishtirma sirt 
energiyasi, 
- 0,8-1,3 qiymatga teng koeffitsiyent. Griffit 
nazariyasiga ko‘ra darz 
bo‘lganda o‘sib boradi.
Kinetik yondashuv asoschisi S.N.Jurkov nazariyasida asosiy 
e‘tibor atom-molekulyar buzilish jarayoniga qaratiladi. Bunda 
jism buzilishini mikrobuzilishlar to‘planishini asta-sekin o‘sib 
borishidagi oxirgi mahsuloti sifatida, yoki mikrodarzlar rivoj-
lanishi jarayonini molekulyar darajada o‘rganiladi. Bu yonda-
shuvda polimer buzilishini issiqlik fluktuatsiyali tabiati haqidagi 
tasavvur asosiy sanaladi. Odatda material mustahkamlik chegara-
sidan pastda yuklamaga ega bo‘lib turadi. Bu holatda kimyoviy 
kuchlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzish uchun kuchlanish juda kichiklik 
qiladi, lekin issiqlik fluktuatsiyalari tufayli bog‘larni uzilish 
ehtimoli ortishiga yetarli bo‘lishi mumkin. Bu uzilgan bog‘lar 
asosan turlicha holda yuzaga keladigan kuchlanishlarni kon-
sentratsiyali joylarida mahalliylashgan bo‘lib mikrodarzlar 
uchlariga tutashgan mikrosohalarda ko‘proq bo‘ladi. Shunday 
qilib, buzilishni issiqlik fluktuatsiyali mexanizmi bog‘larga 


119 
issiqlik tebranishlari va kuchlanishni birgalikdagi ta‘siridan 
iborat. Issiqlik fluktuatsiyali (termo fluktuatsiyali) mexanizm, 
qattiq jism buzilishini eng umumiy mexanizmi bo‘lib, issiqlik 
harakati bilan bog‘langan. Turli qattiq jismlar uchun bu 
mexanizmni har xil ko‘rinishlari mavjud, hatto bir sinfga 
kiradigan qattiq jismlar, masalan polimerlar uchun issiqlik 
fluktuatsiyali mexanizmi turlicha ko‘rinishga ega. Eng toza holda 
u mo‘rt buzilish ko‘rinishga ega bo‘lsa, boshqa buzilish 
ko‘rinishlarida unga relaksatsiyali jarayonlar qo‘shilishi mumkin 
va u harorat ortishi bilan ahamiyatli bo‘lib boradi. Mo‘rt 
buzilishda (
dan past haroratda) buzilish o‘chog‘i bo‘lib, 
mikrodarzlar xizmat qiladi. Bunday holatda uzoq muddatlilik eng 
xavfli mikrodarzni o‘sishi bilan aniqlanadi. U, o‘sishi rivoji 
davomida magistral darzga o‘tib, namunani uzilishiga olib keladi. 
Nisbatan yuqori energiyali fononlarni noelastik sochilishi tufayli 
yuzaga kelgan fluktuatsiya ta‘sirida kimyoviy bog‘lar uzilishi 
ro‘y beradi. Cho‘zuvchi kuchlanish bog‘lar uzilish ehtimolini 
orttiradi. 
Kinetik nazariyani miqdoriy ifodasi Jurkovning uzoq muddat-
lilik qonunida o‘z ifodasini topgan 


Bu yerda 
- berilgan cho‘zuvchi kuchlanishdagi uzoq 
muddatlilik, 
- qiymati 
s ga teng doimiy, 

buzilish jarayoni faollanish energiyasi, 
-strukturaga sezgir 
Jurkov koeffitsiyenti, k-Bolsman doimiysi. Bu qonun 
koordinatalarda va 
oraliqda barcha sinfdagi qattiq 
jismlar uchun amalda chiziqli bog‘lanishga ega bo‘lib, nazariyani 
tasdiqlaydi. 


120 
Qarab o‘tilgan mustahkamlikni vaqtga bog‘lanishi materialga 
doimiy yuklama (kuchlanish) qo‘yilganda kuzatiladi. Buni statik 
charchoqlik yoki materialni uzoq chidamliligi deyiladi. 
Polimerlarni uzoq chidamliligini nazariy va eksperimental tadqiq 
etish buzilish mexanizmi tabiatini aniqlash buyumlar uzoq 
muddatliligini bashorat qilishda fundamental ahamiyatga ega. 
O‘zgaruvchan, xususan davriy yoki siklik yuklamalar ta‘sirida 
polimerlar buzilishi jarayonlari statik charchoqlikda kuzatilmay-
digan qator omillar ta‘sirida murakkablashadi. O‘zgaruvchan 
yuklama ta‘sirida material mustahkamligini pasayishi materialni 
dinamik charchashi deb yuritiladi.
Dinamik va statik charchash qonuniyatlari, masalan, 
choklangan elastomer uchun bir xilda bo‘lsada, statik rejim 
dinamikka qaraganda biroz yumshoqroq kechadi. Statik rejimda 
material doimo kuchlanish ostida turishiga qaramay uning 
buzilishi dinamik kuchlanish ostidagiga nisbatan ancha kech ro‘y 
beradi. Buni davriy kuchlanishlarda, har bir sikl yuklamadagi 
ta‘sir vaqti davomida ortiqcha kuchlanishli relaksatsiya jarayoni 
ro‘y berib ulgurmaydi, statik kuchlanishda esa, ular vaqt o‘tishi 
bilan tenglashib ulguradi deb tushunish mumkin. Plastmassalar 
uchun ortiqcha kuchlanish relaksatsiyasi mikrodarzlar uchlarida 
mikroplastik mahalliy deformatsiya bilan bog‘langan. Agar 
buzilish mexanizmi statistik va siklli yuklamalarda bir xilda 
bo‘lsa, unda Beyli me‘yori taqriban o‘rinli bo‘ladi.
Uzoq muddatlilik tenglamasi yordamida vaqtni namuna 
buzilgunga qadar istagan ko‘rinishdagi yuklama, shu bilan birga 
siklli kuchlanish uchun ham hisoblash mumkin.
Beyli me‘yori T=const bo‘lganda


121 
ko‘rinishga ega. Bu yerda 
-ixtiyoriy rejimda qo‘yilgan 
kuchlanish ostida buzilgungacha bo‘lgan vaqt 
;

material uzoq muddatliligi bo‘lib, cho‘zilish kuchlanishini har bir 
qiymatida 
ma‘lum bo‘ladi (uzoq muddatlilik tenglamasi). 
Mexanik xossalarni o‘rganish qonuniyatlaridan kelib 
chiqadiki, polimer materiallar mustahkamligi va uzoqmuddatliligi 
bir xil sharoitda material doimiylari bo‘lolmaydi, chunki ular juda 
ko‘p omillar: yuklama ta‘sir vaqti va tezligi, harorat, kuchla-
nishli holat ko‘rinishi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisani 
ikkita sababini aytish mumkin. Birinchisi- barcha real material-
larda tuzilmalar nuqsonlari, birinchi navbatda, mikrodarzlarni 
mavjudligi bo‘lsa, ikkinchisi- kimyoviy bog‘larni issiqlik fluk-
tuatsiyali uzilish mexanizmi hisoblanadi.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling