A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
XIII chizma
Bu yerda K + va A - quyimolekulyar kation va anion. Bu reak- siya tenglamalaridan kelib chiqadiki, sistemaga ortiqcha miqdorda quyimolekulyar elektrolitlar kiritilishi (tuz, kislota, ishqor) muvo-zanatni chapga siljitishga olib keladi. Shunday usulda polielektrolitlarni o‘zaro ta‘sirlashmaydigan dastlabki eritmalari olinadi. O‘z navbatida, dastlabki eritmalarni qayta ishlash quyimolekulali elektrolitlar faolligini kamaytirish yo‘li bilan XIII chizmadagi reaksiya muvozanatini IPK hosil bo‘lish tomoniga siljishiga imkon beruvchi usullarga asoslangan. Bunda sistemani fazaviy bo‘linishi ro‘y berib, XIII chizmadagi reaksiya mahsuloti gidrogel ko‘rinishida ajraydi. Amalda bu jarayonga sistemani suv bilan keskin suyultirish yoki uchuvchan quyimolekulyar elektrolitni bug‘latish yo‘li bilan erishiladi. Bu usullar sun‘iy yurak qon tomirlar protezlari, yarimo‘tkazuvchan membrana, gemosorbentlar ustki parda qatlamlari va boshqalarni detallari elementlarining qoplamalarini olishda keng foyda- laniladi. Bundan tadqiqotlarda foydalaniladigan turlicha IPKlar ichida kuchsiz polielektrolit – polimerli karbon kislota va polimera- minlardan tashkil topgan IPK muhim o‘rin tutadi. PEKning 112 bo‘kishga bo‘lgan qobiliyati bu interpolimer birikmani tuzilma- lari xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bo‘kish darajasini keng oraliqda IPK gidrofil sohalariga kirgan bo‘g‘inlar nisbatini o‘zgartirib boshqarish mumkin. Bu o‘z navbatida XIII chizma- dagi muvozanat reaksiyasini siljitish yoki PEK tarkibini o‘zgarti- rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. IPK shishuvchanligi bu sistemani tibbiyot maqsadlarida foydalanish imkoniyatini aniqlovchi muhim xossalaridan hisoblanadi. IPK gidrogeldan tibbiyot amaliyotida foydalanish imkoniyatlari ko‘p darajada ularni fizik-mexanik xossalari bilan aniqlanadi. Muvozanatli bo‘kgan holdagi IPK uchun kichik kuchlanishda katta qaytmas deformatsiya xarakterli bo‘ladi. Ko‘rinadiki, IPKning yuqori bo‘lmagan mustahkamlik xossasi, ularni gidrogellardan foydalanish imkoniyatini cheklay- di. Lekin hozirgi vaqtda IPKning fizik–mexanik xossalarini kompleks holda yaxshilash yo‘llari ishlab chiqilgan. Birinchi navbatda bu interpolimer tuz bog‘larni kovalent bog‘larga qisman almashtirish bilan bo‘ladigan IPKni kimyoviy modifikatsiyalashdan iborat. Shuningdek, PK asosida kompozit materiallar yaratish ham istiqbolli hisoblanadi. Masalan, elasto- merlar va plastiklar aralashmasini, IPKni mos latekslar bilan uyg‘unlashtirish. Shunday qilib, PKK gidrogellari xossalari tibbiyotni turli sohalarida, ya‘ni yarimo‘tkazuvchan ajratuvchi membranalar, biomoslikka ega qoplamalar, dozalab ajratuvchi sistemalar sifatida ulardan amalda foydalanishga keng imkoniyatlar ochadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling