A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Dielektrik isrofning burchak tangensi – tgδ ni chastotaga


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.21-rasm. Dielektrik isrofning burchak tangensi – tgδ ni chastotaga 
bog’lanishi 
1 – dastlabki КМS, 2 – КМS - PMAG, 3 – КМS - PGMG, 4 – КМS - MFS 
komplekslarda pH=2,5, T=300K da olingan.
 
 
2.8. Tibbiyotda polikompleksli kompozitlar 
 
Polimerlardan tibbiyotda foydalanish yo‘llari dori-darmon 
preparatlari ta‘sirini uzaytirish IPK bilan bog‘langan bo‘lib, 
ularni molekulalarini organizmga nisbatan ―neytral‖ polimerlar 
zanjirini yon tomonlari sifatida ilib qo‘yish g‘oyasi bilan bog‘liq. 
Bu g‘oya 1950 yillarda ilgari surilgan. Dastlabki g‘oya sodda 
bo‘lgan; quyimolekulyar moddalar juda tez qon oqimi bilan olib 
ketilib samarasi kam bo‘ladi, agar ularni organizmda turishini 
saqlab qolinsa, samara keskin oshadi. 
Birinchi tajribalarda neytral tashuvchi sifatida polivinilspirti 
tanlangan. 
Nisbatan uncha katta bo‘lmagan miqdorda interpolimer 
komplekslar intensiv tadqiqotlari, ularning o‘ziga xos xususiyat-


110 
lari va ajoyibligi ular asosidagi polimer materiallarni amaliy 
qo‘llanilishi masalalariga e‘tiborni yanada kuchaytirib yubordi. 
Biotibbiyot materiallari sifatida qo‘llanish nuqtai nazaridan 
Xitozan asosida olingan IPK istiqboli bor material hisoblanadi. 
Bu IPKni suvda erimaydigan pardalarini katta kuygan yaralar 
bitishini tezlatish uchun sun‘iy teri sifatida ishlatilishi juda sama-
rali bo‘lib chiqdi. 
Xitozan asosidagi IPK pardalarini odatda uch-to‘rt kompo-
nentli eritma aralashmasidan olinib, ular yuqori mustahkam-likka
kirituvchanlikka, nam yutuvchanlikka ega. 
Turli organizm to‘qimalari bilan yuqori biomoslikka egalik, 
ularni membrana va mikrokapsula sifatida biologik faol hujayra 
va mikroorganizm fermentlarini immobilizatsiyalashda foydala-
nish mumkin. 
Organizm to‘qimalarini almashtiruvchi sifatida ishlatilishi 
uchun IPK o‘ta istiqbolli material hisoblanadi. 
Lekin IPK pardalari gidrogellari yuqori mexanik mustahkam-
likka egaligi uchun amalda ulardan ko‘proq konstruktiv material 
sifatida foydalaniladi. 
IPK tibbiy – biologik xossalarini ko‘rayotganda eng asosiy-
laridan biri, qon bilan IPK tutashganda tromb hosil bo‘lish 
muammosi hisoblanadi. Qonni yot sirt bilan tutashuvida tromb 
hosil bo‘lishi ixtiyoriy tirik organizmni tabiiy reaksiyasi hisob-
lanadi. 
Shu bilan bir vaqtda, aynan shu jarayon turli materiallarni 
implantatsiyasi paytida eng katta xavfni bildiradi. Ko‘rinadiki, 
gemomoskeluvchi material birinchi o‘rinda qon bilan tutashuvga 
kelganda tezda tromb hosil bo‘lishini keltirib chiqarmasligi kerak, 
ya‘ni tromboobrazistent bo‘lishi kerak. 


111 
IPKdan buyum olishni aniq usuli va jarayonlarini ishlab 
chiqish quyidagi reaksiyalarni boshqarishga asoslangan: 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling