102
Tokni statsionar qiymatiga relaksatsiya vaqtlari ion o‘tkazuv-
chanlik uchun kutilganidan oz, ya‘ni ko‘rsatilgan kuchlanishlarda
o‘rganilgan tuzilmalar yuqori omli ionli yarimo‘tkazgichni omli
tutashuvga kelgandagi xossasini namoyon qiladi.
Umuman
xulosa qilish mumkinki, Louning kengaygan
chizmasi ion turdagi o‘tkazuvchanlikni ham,
defektlarni kvazi-
kimyoviy o‘zaro ta‘siri uchun ham tutashuv hodisalari manza-
rasini fenomenologik asosini tasvirlaydi.
Xususan, bu to‘la ma‘noda polielektrolitli komplekslar asosi-
dagi tuzilmalarga ham tegishli.
O‘tkazuvchanlik mexanizmini
aniqlash uchun doimiy tokda
elektr o‘tkazuvchanligini va impulsli signalga, ideal holda polya-
rizatsiyalanuvchi to‘siqli (ionlar uchun) elektrodga ega, C-IPK-C
(C-grafit) elektrokimyoviy yacheyka aks sadosini o‘lchashlar
ko‘rsatdiki, IPK
KMS-MFS, KMS-PMAG va KMS-PGMG poli-
mer pardalarda yuqori ion o‘tkazuvchanlik ro‘y beradi. Doimiy
elektr maydon E=0.3 V/m (T=300 K) qo‘yilganda,
yacheyka
qutblanishi 1000 sekund davomida ro‘y beradi, bunda tashqi
maydon qisman(90%) harakatchan
ionlar bilan namuna sirtida
hosil bo‘ladigan ikki qutbli elektr qatlam bilan to‘siladi (Na
+
,
OH
־
, H
+
)
2.16-rasmda KMS pardalarni elektr o‘tkazuvchanligini chas-
totaga bog‘liqligi keltirilgan. Past (<10 kGs) chastotalarda hara-
katchan ionlar namuna sirtiga yetib boradi va namuna ichki haj-
midan sirt tomon zaryadni keyingi ko‘chishiga qarshilik ko‘r-
satadigan ikki qutbli elektr qatlam hosil qiladi.
Natijada umumiy o‘tkazuvchanlik pasayadi.
Shuning uchun
elektr o‘tkazvchanlikni o‘lchash uchun 10 kGs chastota tanlanadi,
undan yuqorisida elektr o‘tkazuvchanlik sezilarsiz o‘zgaradi.
103
KMS-PMAG, KMS-PGMG va KMS-MFS komplekslar uchun
ham o‘xshash manzara kuzatiladi.
10>
Do'stlaringiz bilan baham: