A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. pH=2,5 qiymatda interpolimer komplekslar pardalari q bo‘kish
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – 35 % triazinon sikllarda (fibrillangan tuzilma)
- VII chizma
2.6-rasm. pH=2,5 qiymatda interpolimer komplekslar pardalari q bo‘kish
darajasini KMS bilan MFSI (1), MFSII (2), MFSIII (3) lar nisbatlariga bog’lanishi. Harorat 25 0 , pH=7, bo‘kish vaqti 40 min bo’lganda 1 – 7 % triazinon sikllarda 2 – 15 % triazinon sikllarda 3 – 35 % triazinon sikllarda (fibrillangan tuzilma) Qizig‘i shundaki, mochevinaformal‘degidli smolani o‘zi suv- da shishmaydi, lekin ekvimol qiymatiga nisbatan IPKda ortiqcha miqdorda bo‘lishi sistemada MFS protonlashtirilgan aminoguruhlari qatnashishi tufayli sistema shishuvchanligini orttiradi. KMS qatnashmaganda olingan MFS zich taxlanib quyuq choklangan tuzilmaga ega bo‘ladi. Bunda barcha to‘rli triazinon sikllarga tegishli aminoguruhlar qisqa metilenli ko‘priklar bilan bir – biriga bog‘langan bo‘lib, gidrofob tuzilmaga olib keladi. MFO ortiqcha bo‘lgandagi IPK hosil bo‘lish jarayonida oligomer 75 molekulasi IPKni uch o‘lchamli quyuq choklangan zarralari orasida qamalib qoladi, natijada oligomer molekulalari orasida bog‘ hosil qilish uchun tuzilmalanishni qiyinlashishi yuzaga keladi. VII chizma Shuning uchun ham MFO zich taxlanib quyuq choklangan MFS tuzilmasiga to‘la o‘ta olmaydi. Bunda yana VII-chizmadagi kabi qandaydir miqdorda IPK–MFS aralashmani bo‘kish darajasini biroz ortishiga olib keluvchi bog‘lanmagan aminoguruhlar ham qoladi. 2.6-rasmdan ko‘rinadiki, MFS zanjirida triazinon sikllar qancha ko‘p bo‘lsa, KMS va MFS barcha nisbatlari uchun IPK pardalarini shishuvchanligi yuqori bo‘ladi. Bundan bilinadiki, ko‘rsatilgan namunalarni shishuvchanlik qobiliyati ko‘proq tuz bog‘lari bilan belgilanadi, shuning uchun tuz bog‘lar bilan barqarorlashtirilgan polielektrolitli komplekslar vodorod bog‘lari bilan barqarorlashtirilgan polikarbon kislota asosidagi polikomplekslarga qaraganda yuqori darajadagi shi- shuvchanlikka ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash shishuvchanlik darajasi o‘zgarishini IPK (KMS-MFSI; KMS-MFSII; KMS- 76 MFSIII 2.6-rasm) sistemalarda kuzatish mumkin. Ularda zanjirlar-aro tuz bog‘larni 7% dan 35% gacha ortishida sistema shishuvchan-ligi 50-100 marta ko‘payadi. MFSIII qatnashganda KMS-MFSIII sistema shishuvchanligini pasayishi (2.6-rasm 3- bog‘lanish), ya‘ni MFSIII ekvimol miqdorga nisbatan IPKda ortiqcha bo‘lishini MFSIII da bog‘lanmagan zaryadli funksional guruhlar miqdorini interpolimerli zanjirlararo hamda ichki polimerli kovalent bog‘lar hosil bo‘lishi evaziga kamayib ketishi bilan tushuntirish mumkin. Bu sistema shishuvchanlik darajasi KMS-MFSII va KMS- MFSI sistemalardan 3-5 marta yuqori bo‘ladi. Muhitning pH ko‘rsatkichi o‘zgarishi nafaqat PE orasidagi interpolimer ta‘sirlar tabiatini o‘zgartirishga olib keladi, balki IPK tuzilma va xossalariga ta‘sir etuvchi funksional guruhlar ionlashuv holatlarini o‘zgarishiga ham olib keladi. Turli tartib- dagi IPK KMS-MFS tuzilmalariga daxldor yuqoridagi muloha- zalardan aytish mumkinki, muhit pH ko‘rsatkichini IPK bo‘kish jarayonidagi o‘zgarishi davomida IPK KMS-MFS salmoqli o‘zgarishga uchrashi kerak. IPK pardalarini shishuvchanligi pH qiymati 1 dan 5 gacha o‘sib borganda anchayin ortadi (2.7-rasm). Bu ortish IPKni barqarorlashtiruvchi vodorod bog‘larni buzilishi tufayli bo‘lishi mumkin. pH qiymatini keyingi 5 dan 10 gacha ortishi IPK namunalar shishuvchanligini sezilarli o‘zgarishga olib kelmaydi. IPK shishuvchanlik darajasi qiymatini o‘zgarmay qolishi quyidagicha izohlanishi mumkin. pH qiymati bu keng oraliqda o‘zgarganda IPK barqarorligini ta‘minlovchi zanjirlararo tuz bog‘lari o‘zgarishga uchramaydi. Bu esa, ularni suv va qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun juda muhim sanaladi, pH qiymatini keyingi 10 dan yuqoriga tomon ortishida zanjirlararo tuz 77 bog‘larni uzilish jarayoni boshlanadi va IPK pardalari shishuvchanligini keskin ko‘tarilishiga olib keladi. Kuchli ishqoriy muhitlarda pH≥12 parda disperslanib, to‘rsimon MFS kukunsimon cho‘kma ko‘rinishida bo‘ladi, KMS esa, eritma gardishida ajralib chiqadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling