A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Interpolimer komplekslar pardalari difraktorgrammalari


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.5-rasm. Interpolimer komplekslar pardalari difraktorgrammalari
KMS-MFSI
 
(1), KMS-MFSII
 
(2), KMS-MFSIII
 
(3) 25
0
C harorat va pH=2,5 
qiymatlarda olingan. 
1 – 7 % triazinon sikllarda 
2 – 15 % triazinon sikllarda 
3 – 35 % triazinon sikllarda (fibrillangan tuzilma)
Shunday qilib, elektron-mikroskop va rentgen tadqiqot natija-
lari ko‘rsatadiki, reaksiyalanuvchi sistemalar tarkibini va interpo-
limer o‘zaro ta‘sirlar tarkibini o‘zgartirilishi IPK tuzilmasini 
sezilarli o‘zgartirishga olib kelar ekan.
Boshqacha aytganda, berilgan tarkibli boshqaruvchan tuzi-
lishga ega IPK KMS-MFS materiallarni hosil qilish imkoniyatlari 
ta‘sirlashuvchan moddalar nisbatlarini, reaksion muhit pH qiyma-
tini, interpolimer o‘zaro ta‘sirlar tabiatini va triazinon sikllar 
konsentratsiyasini o‘zgartirish orqali ochiladi.
Bular reaksiyalash qobiliyatiga ega oligomerlar asosida keng 
amaliy qo‘llanish spektriga ega yangi polikompleks materiallar 
sintezini yaratishni ilmiy asosi sifatida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega hisoblanadi.


73 
2.4. IPK pardalarining shishuvchanligini tadqiq etish. 
Yuqorida aytib o‘tilgan IPK mahsulotlari tuzilishi va morfo-
logiyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bilan ularni suvda bo‘kishi 
bo‘yicha ma‘lumotlar yaxshi moslikda turadi.
Suvli muhitda IPK bo‘kish qobiliyati uning asosiy xossa-
laridan biri bo‘lib, u interpolimer komplekslarni biomoslikka ega 
material sifatida, dualizli va ultrafiltrlovchi pardalar va boshqalar-
da amaliy qo‘llanishini belgilaydi. 
Ma‘lumki, IPK suvda bo‘kish xossasi bog‘ tabiati va turiga, 
hamda o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentalar geometrik tuzili-
shiga bog‘liq bo‘ladi. 
G.I.Muhamedov va uning shogirdlari tomonidan suvli muhit-
da IPK bo‘kish darajasini o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentalar 
nisbatlariga bog‘lanishi o‘rganilib, o‘zaro ta‘sirlashuvchi kompo-
nentalarni ekvimol nisbatlarida KMS, MFSI va MFSII namunalar 
eng kam bo‘kishi, sistemada komponentalardan birini ortib 
ketishi (KMS yoki MFS) bilan shishuvchanlik ma‘lum 
chegaragacha ortishi mumkinligi o‘rnatilgan.
KMS-MFS interpolimer komplekslar bo‘kish darajasi o‘zga-
rishini shunday tushunish mumkinki, komponentalarni ekvimol 
nisbatlarida ularning makromolekulalari orasida ta‘sirlashuv eng 
katta, ya‘ni KMS va MFS o‘rtasida vodorod bog‘lar bilan ham, 
tuz bog‘lar bilan ham to‘la bog‘lanish ro‘y beradi. Polikompleks-
ga kiritilgan u yoki bu komponentalar ozod qutbli va ionogen 
funksional guruhlarni ortiqcha bo‘lishi pardalarni bo‘kishiga olib 
keladi. IPK pardasida KMS ortiqcha bo‘lishi bilan ozod karboksil 
guruhlari bo‘kish darajasi qiymatini ortishiga olib keladi. KMS 
da MFS konsentratsiyasini ekvimol qiymatlarigacha orttirilishida 
esa, zanjirlararo tuz va vodorod bog‘lari yuzaga kelib KMS va 


74 
bog‘lanmagan zaryadli funksional guruhlar miqdorini kamayi-
shiga olib keladi va o‘z navbatida sistema shishuvchanligi 
pasayishi ro‘y beradi (2.6-rasm, 1-3 bog‘lanishlar).

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling