A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
puflash uchun havodan foydalanish, suyuqlantirilgan metallar
haroratini oshirishga imkon yaratdi. Natijada metallar zararli qo‘shimchalardan tozalanib, ulaming sifati yaxshilandi. 1856-yilda G. Bessmer, 1878-yilda S.Tomas va 1864-yilda P.Marten po‘lat olishning yangi usullarini yaratishdi. 1856-yilning 12- fevralida ingliz ixtirochisi Genri Bessmer suyuqlantirilgan cho‘yanni havo bilan dam berib tozalagani uchun patent oldi. «Men shuni ixtiro qildimki, deb yozgan edi Bessmer, agar metallga yetarli miqdorda atmosfera havosi yoki kislorod kiritilsa, u suyuq metall zarracha- larining kuchli yonishiga sabab bo‘ladi, temperaturani saqlab turadi yoki uni shu darajagacha oshiradiki, bunda metall cho‘yan holatidan po‘lat holatiga yoki bolg‘alanuvchi temir holatiga o‘tish vaqtida yoqilg‘i ishlatilmasdan suyuq holida qoladi». Jahon metallurgiyasi rivojida juda katta hissa qo‘shgan, iste’dodli ingliz ixtirochisi nomini texnika tarixiga abadiy yozilishiga sabab bo‘lgan quyma po‘lat olishning bu yangi usuli hayotda shu tariqa o ‘ziga yo‘l ochgan edi. 6 Rus olimi P.P.Anosov metallaming xossalari ulaming kristall tuzilishiga bog‘liqligini aniqladi va birinchi bo‘lib, metallami ichki tuzilishini o ‘rganishda mikroskopdan foydalandi. Yuqori sifatli po‘lat olishda, ayniqsa P.PAnosovning xizmatlari katta. Metal lshunoslik fanining rivojlanishida rus olimi D.K. Cher- novning fazalar o‘zgarishi haqidagi nazariyasi juda katta turtki boidi. Temir uglerodli qotishmalami va termik ishlov berish protsesslarini o ‘rganish 1868-yilda e’lon qilingan D.K.Chemovning «Lavrov va Kalakutsiyning po‘lat va poiatdan ishlangan obzori hamda ushbu soha bo‘yicha D.K.Chemovning o ‘z tadqiqotlari» maqolasi bilan boshlanadi. D.K.Chemov birinchi bo‘lib po‘latda kritik nuqtalar borligini ko‘rsatdi va temir-sementit diagrammasi haqida dastlabki tushunchani berdi. Keyinchalik temir-uglerodli qotishmalami qurishga F.Osmond, Le-Shatele (Fransiya), R.Austen (Angliya), A.A.Baykov va N.T.Gudsov (Rossiya), Rozenbaum (Gollandiya), P.Gerens (Germaniya) va boshqalarninng ishlari bag‘ishlandi. Nemis olimi Ledebuming metallar strukturasi tushunchasi, ingliz liziklari F. Laves hamda V. Yum-Rozeming yangi turdagi fazalami kashf etishi fan rivojida katta hissa bo‘ldi. Ichki yonuv dvigatellari kashf etilishi mashinasozlik, avto- mobilsozlik, samolyotsozlik va raketasozlik sanoatlari rivojlanishida muhim asos boidi. Tabiiyki, sanoatning rivojlanishi yangi materiallar yaratish, ulaming xossalarini yaxshilash ustida tinmay izlanishlar olib borishni talab etdi. Natijada takomillashgan domna pechlari, p o ia t eritiladigan marten pechlari barpo etildi. Poiatlam i payvandlash mumkinligini N.N. Benardos va N.G. Slavyanovlar ilmiy nuqtayi nazardan isbotlab berdilar. Rus olimi A.M. Butlerov tomonidan 1881-yilda yaratilgan jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida quyi molekulali organik kimyoviy moddalardan polimerlar olish mumkinligi isbotlandi. S.V. Lebedev 1909-yilda xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin materialni sun’iy ravishda oldi. Hozirgi vaqtda texnika rivojini sun’iy inateriallarsiz tasavvur qilish qiyin. 0 ‘tkazuvchanligi yuqori materiallar, yarimo‘tkazgichlar, sun’iy olmos hamda uglerod asosidagi boshqa materiallar kashf etildi. 7 Domna pechlarida sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijalarini hisobga olish mumkinligi, materiallar tuzilishi va texnologik jarayon haqidagi bilimlar yanada boyidi. Turli ferroqo- tishmalar olish, p o ia t olishning elektrometallurgiya usullaridan foydalanish p o ia t sifatini oshirdi va juda ko‘p legirlangan poiatlar olish imkoniyatini yaratdi. Qotishmalar mustahkamligini oshirishning yangi usullari kashf etildi. Termik-mexanik, mexanik-termik va ikki marta qayta kristallash usulida termik ishlov berish kabi ilg‘or texnologik jarayonlar yaratildi. Korroziyabardosh, olovbardosh, maxsus magnit xossalarga ega boigan va m aiu m geometrik shakllami «esida» saqlab qoluvchi qotishmalar kashf etildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling