A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Ekspluatatsion xossalari. Bu xossalar mashinaning ish sharoitiga
bog‘liq holda maxsus sinovlari o ‘tkazib aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalardan eng muhim yeyilishga chidamlilikdir. Yoyilishga chidamlilik materialning yeyilishiga, ya’ni ishqalanish tufayli buyum tashqi sirtining yemirilishidan o ‘lchami va shaklini asta-sekin o‘zgartirishga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatidir. Metal lami yeyilishga sinash laboratoriya sharoitida namunalarda, real eks- pluatatsiya sharoitida esa detallarda o‘tkaziladi. Namunalami sinashda ishqalanish sharoiti real sharoitga yaqin qilib olinadi. Namuna yoki detallaming yeyilish kattaligini turli usullar bilan, chunonchi o ‘lchamlami o ‘lchash, namunalami tortib ko‘rish kabi usullar bilan aniqlanadi. Ekspluatatsion xossalariga, shuningdek sovuqbardoshlik, issiqbardoshlik, antifikatsion xossalar va hokazolar ham kiradi. Qotishmalaming tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi mexanik xossasini ifodalaydi. Asosiy mexanik xossalarga qattiqlik, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, zarbiy qovushoqlik, nisbiy uzayish va torayish kiradi. Metallaming tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik xususiyati uning mexanik xossalari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham mashina detallami tayyorlash uchun material tanlashda avvalo uning mexanik xossalariga, ya’ni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, zarbiy qovushqoqligi, qattiqligi va chidamligiga e ’tibor berish kerak. Bu xossalar metallga tashqi kuch (nagruzka) ta’sir ettirib, mexanik sinovlar natijalariga qarab belgilanadi. Tashqi kuchlar statik, dinamik yoki siklik (takror o‘zgaruvchan) bo‘lishi mumkin. Qotishmaning o ‘z sirtiga undan qattiqroq jism botishiga qarshilik ko‘rsatishi qattiqlik deyiladi. Qattiqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Brinell, Rokvell, Vikkers usullari va h.k. Brinell usulida (DS 9012-59) qattiqligi 450 birlikkacha bo‘lgan qotishmalar qattiqligi aniqlanadi. Qotishma turiga va qalinligiga ko‘ra diametri 2,5, 5, 10 mmli toblangan po‘lat zoldir namunaga 187,5, 750 va 3000 20 kg kuch bilan asta-sekin botiriladi. Zoldirning namuna yuzasida qoldirgan izi diametri ga ko‘ra qotishmaning qattiqligi aniqlanadi (1.10-rasm). Qotishmaning Brinell bo‘yicha qattiqligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling