A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Texnologik xossalari.
Metall va qotishmalaming texnologik xossalariga ulaming 
texnologik ishlovchanligi bilan bogMiq xossalar: kirishuvchanligi, 
quyuluvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, bolg‘alanuvchanlik, 
payvandlanuvchanlik hamda kesib ishlanuvchanlik va boshqa xossalar 
kiradi. Bu xossalar haqida alohida to ‘xtalib o ‘tamiz.
Qolipning oMchamlari va shu qolipda quyish yoMi bilan hosil 
qilingan quymaning oMchamlari orasidagi farq kirishuvchanlik 
deyiladi. Kirishuvchanlik % larda ifodalanadi. Qotishmalaming 
kirishuvchanligi bir-biridan farq qiladi va ma’lum kattalikka ega. 
Cho‘yanlar uchun kirishuvchanlik 1,5-1,75 % ni tashkil etsa, bu 
kattalik poMatlar uchun 1,4-2,2 %, kulrang cho‘yan 0,5-1,25 %, mis 
qotishmalari 0,8-1,6 %, aluminiy qotishmalari 0,3-1,2 % va magniy 
qotishlari 0,3-1,2 % ni tashkil etadi.
Suyuq holatda oquvchanlik quymakorlik qotishmalarining mu­
him texnologik xossalaridan biri hisoblanadi. Metall va qotishma­
laming suyuq holatda qolipni toMdirish xossasiga suyuq oquvchanlik 
deyiladi. Metall va qotishmalaming suyuq holatda oquvchanligi 
qanchalik yuqori boMsa, u suyuqlantirilganda qolipning yupqa va 
ingichka joylarini shunchalik yaxshi toMdiradi.
Metall va qotishmalami bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va 
bosim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgar- 
tirish xossasiga bolg‘alanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalami 
bosim ta ’sirida ishlash vaqtida u qanchalik yuqori darajada deformat- 
siyalanib hamda bu deformatsiya uchun zamr kuch qanchalik kichik 
boMsa, uning bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori boMadi.
25


Metall va qotishmalarni payvandlash vaqtida puxta hamda zich 
birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi. Payvand 
chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda 
donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan xoli bo‘lsa, payvandla­
nuvchanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib tushirilgan qirindi miqdori 
bilan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyi­
ladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun 
turlicha sinovlar o ‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas, ular 
standartlashtirilgan. Standartlashtirilgan sinovlar jumlasiga bukiluv- 
chanlikka sinash, sovuq holatda cho‘kuvchanlikka hamda botiluv- 
chanlikka sinash va boshqalar kiradi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling