A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Plastik va elastik deformatsiya. Naklyop
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
1.3. Plastik va elastik deformatsiya. Naklyop
M etallami bosim bilan ishlash deb, tashqi kuch ta’siri ostida (masalan, bolg‘a bilan urib, press bosimi ostida) xomaki shaklini o‘zgartirishga aytiladi. Zarb yoki bosim ta’sirida oldi deformatsiya paydo bo‘lishi bilan metall o‘z shaklini kerakli yo‘nalishda yemirilmasdan o‘zgartiradi. Bunda bir yo‘la metallning strukturasida, uning mexanik va fizik xossalarida o‘zgarish ro‘y beradi. Yuqorida qayd qilganimizdek, bosim bilan ishlashda xomakining shakli dastlabki holatiga qaytmaydigan qilib o‘zgartiriladi, bu esa xomaki metalida plastik holat mavjudligidan darak beradi. Demak, biror tashqi kuch ta’sirida metall (qotishma) yemirilmay, o‘z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda o‘zgartira olish xususiyati uning plastikligi deb, metallar shaklining plastik tarzda o‘zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi. Shunday qilib, bosim bilan ishlashi metallaming plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir. Buning uchun deformatsiyaning o‘zi qanday vujudga kelishini aniq tushunish kerak. Ma’lumki, detalga biror tashqi kuch ta’sir ettirilganda uning geo metrik shakli o'zgarishi deformatsiya deyiladi. Har qanday normal haroratda metall asosan elastik va plastik deformatsiyalardan iborat bo‘ladi. Metallga ta’sir ettirilgan tashqi kuch olingandan keyin metall dastlabki shakliga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Masalan, po'lat prujinaga (yoki rezina boiagiga) ta’sir ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga qaytadi. 26 Plastik deformatsiyada esa metall kristall panjaralarining shakli o'zgarihginn qolttiasdan, balki kristallning bir qismi boshqa qismiga niibntnn siljiydi, ta’sir ettirilgan kuch olinganda kristallning siljigan ql*mi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya’ni deformatsiya saqlanib qoladi. liundun tnshqari, plastik deformatsiyada metall tarkibidagi donachalar mnydalanadi va muayyan tartibda joylashib qoladi, natijada metall tola-tola tuzilishga ega bo‘ladi. Donalaming muayyan tartibda joylashib qolish hodisasi teksturalanish deyiladi. Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga to ‘g‘ri mutanosibdir. Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligi pasayadi. Bu hodisa naklyop (parchinlanish) yoki nagartovka deyiladi. Plastik deformatsiyalanish natijasida metallda hosil boigan naklyopni yo‘qotish zarur boisa, metall ma’lum haroratgacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po ia t buyum 200-300 °C gacha qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20-30 % pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa qaytish yoki xordi deyiladi. Demak, qaytishida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi esa uncha o ‘zgarmaydi va shuning uchun metallning mexanik xossalari faqat m aium darajadagina tiklanadi. Metallning dastlabki xossalarini batamom tiklash kerak b o iib qolsa, albatta, uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur. Naklyoplangan metall yuqoriroq darajagacha qizdirilganda, shu metall xossalarining tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekris- tallanish vaqtida metallning deformatsiyalanishidan oldingi donalari tiklanmay, balki yangi donalar hosil boiadi, ya’ni metall yangidan kristallanadi. Rekristallanish darajasi (eng kichik darajasi) har xil metallar uchun turlicha boiadi. Masalan, misning rekristallanish harorati 270°C ga, aluminiy va magniyniki 100°C ga, jezniki 250°C ga, temimiki 450°C ga, nikelniki 600°C ga, molibdenniki 900°C ga, volframniki 1200°C ga teng, qalay, qo‘rg‘oshin va oson suyuqla nuvchi boshqa metallaming rekristallanish darajasi esa normal dara- jadan past boiadi. Metallning rekristallanish darajasi bilan suyuq lanish darajasi orasida A. A. Bochvar formulasiga asosan quyidagicha yaqinlashtirilgan bogianish mavjud: Trekr = TerxK 27 Bunda, T re k r mutlaq rekristallanish darajasi, gradus, K - metallning tozaligiga bog‘liq koeffitsiyent, Ter-m utlaq suyuqlanish darajasi, gradusda. Texnik toza metallar uchun K=0,2-0,3, qotishmalar (qiyin suyuqlanadigan metallar) uchun esa K=0,6-0,7. Shuni qayd etish lozimki, deformatsiyalanganlik darajasi rekristallanish haroratiga teskari mutanosib bog‘lanishda bo‘ladi. Metall rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiya- langanda naklyop hosil bo‘lsada, ammo shu darajada o ‘tadigan rekristallanishi naklyopni yo‘qotadi. Metallami rekristallanish daraja sidan yuqori darajada deformatsiyalash qizdirib, bosim bilan ishlash deb, rekristallanish darajasidan past darajada deformatsiyalash esa sovuqlayin bosim bilan ishlash deb ataladi. Demak, metallami qiz dirib, bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil boMmaydi, sovuq layin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo‘ladi va aksincha, deformatsiyalashda metall naklyoplansa, sovuqlayin bosim bilan ishlaganda esa naklyoplanmasa, uni qizdirib, bosim bilan ishlagan ma’qul bo‘ladi. Masalan, qalay normal haroratda deformatsiyalansa, u naklyoplanmaydi, temir esa 300°C gacha qizdirib deformatsiya- langanda naklyoplanadi. Binobarin, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim bilan ishlash orqali hosil qilingan buyumlaming sirti toza, olcham lari esa aniq chiqadi. Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo‘lgan nak lyop, zarur hollarda, rekristallanish yumshatish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Shuni aytish lozimki, plastik bo‘lmagan (mo‘rt) metallami bosim bilan ishlab boMmaydi. Masalan, cho‘yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo‘rt bo‘ladi, demak, cho‘yanni bosim bilan ishlab bo‘lmaydi. Metallaming plastikligi ulaming kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq, ya’ni toza metallaming plastikligi qotishmalamikidan ancha yuqori bo‘ladi. Har xil elementlar metallaming plastikligiga turlicha ta’sir etadi. Shuning uchun qizdirib bosim bilan ishlashda metall (qotishma) ni qanday haroratgacha qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday ha roratda to‘xtatish zamrligini bilish nihoyatda muhimdir. Shunday qilib, metallar qizdirib, bosim bilan ishlanganda, ulaming kimyoviy tarkibi tekislanadi, donalari maydalashadi, g‘ovaklari berkilib ketadi, boshqa ba’zi nuqsonlari yo‘qoladi, binobarin, mexanik xossalari yaxshilanadi. 28 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling