A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Quymalarda uchraydigan nuqsonlar. Ma’lumki, quymakorlik
sanoatida olinadigan quymalarda ba’zan turli nuqsonlar, ya’ni kimyoviy tarkibi va strukturasining notekisligi, cho'kish bo‘shlig‘i, kovaklik, gaz pufaklari, likvatsiya kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday nuqsonlar quyidagicha hosil bo‘ladi, ya’ni quyma soviyotganda uning hajmi ma’lum darajada kichrayadi, natijada quymaning yuqorigi qismida cho'kish boshlig'i deb ataladigan bo‘shliq paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, suyuq eritmada erigan gazlar metall qotayotganda ajralib chiqib, o ‘mida g‘ovaklar yuzaga keladi va ushbu quymalar nuqsonlari sharoitga qarab, quymaning ustki qismiga yoki butun sig‘imga taralgan holda bo‘lishi mumkin. Kimyoviy jihatdan turli jinslilik, ya’ni eritmadagi yoki qotishmadagi qo‘shimchalaming quymada notekis taqsimlanish hollari ham bo‘ladiki, bu hodisa likvatsiya deyiladi va u tegishli qotishmaning mexanik xossalarini pasaytiradi. Likvatsiya hodisasi 135 suyuq qotishmaning (masalan, po‘latning) notekis kristallanishidan kelib chiqadi. Ayniqsa, po‘lat quymalarda uchraydigan yana bir nuqson g ‘uddalardir. G ‘uddalar suyuq po‘lat qolipga quyilayotganda sachra- shi va tomchilar tarzida quymaga yopishib qolishidan hosil bo‘ladigan notekislikdir. Endi yuqorida keltirilgan quymalardagi ba’zi nuqsonlaming oldini olish uchun sanoat miyoqsida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar bilan tanishishni zarur deb hisoblaymiz. Quymada cho'kish b o ‘shlig‘i /zosil bo‘lmasligi uchun qolipda p ribil deb ataladigan maxsus bo‘shliqlar qilinadi. Qolipga suyuq metall quyilganda u qolipni to ‘ldirib, pribilga o ‘tadi va cho‘kish bo‘shlig‘i quymada emas, balki pribilda hosil bo'ladi, pribil esa quymadan kesib tashlanadi. Quymada gaz pufakchalari hosil bo‘lmasligi uchun suyuq metallni qolipga quyishdan oldin unga maxsus qaytargichlar, masalan, ferrosilitsiy, ferromarganes, ferroaluminiy, silikokalsiy qo‘shiladi, qolipda gaz chiqish kanallari soni ko‘paytiriladi, quyish yo‘llari to‘g‘ri tanlanadi, metallning qolipga quyish vaqtidagi harorati to‘g‘ri belgilanadi. Quymalarda uchraydigan nuqsonlardan darzlar Aamda yoriqlar ko‘pincha quymaning notekis sovishidan kelib chiqadi. Mayda darzlar, yoriqlar, sirti kovakliklar va shu kabilar metallizator yordamida suyuq metall purkash yo‘li bilan tuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, quymada ko‘p miqdorda metailmas qo ‘shilmalar- shlak, qolip aralashmasi, shuningdek, pech va cho‘michning o ‘tga chidamli qoplamalaridan o ‘tadigan qo‘shilmalar quymaning tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlari jumlasiga kiradi. Qolipga quyilgan qotishma (masalan, suyuq cho‘yan) ning sovish tezligi katta bo‘lsa, quymaning sirti qatlami oqarib qoladi, ya’ni oq cho‘yanga aylanadi. Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan cho‘yan quymalar uchun bu hodisa nuqson hisoblanib, bunday cho‘yanni kesib ishlash qiyinlashadi. Bunday nuqsonni yo‘qotish uchun quymalar termik ishlash orqali albatta yumshatilishi kerak. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling