A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Sterjen tayyorlash. Sterjenlar bo‘shliqli yoki oval (teshikli) 
quymalar olishdagina ishlatiladi. Ular maxsus qoliplar (sterjen 
qutilari) yordamida tayyorlanadi.
Yakkalab va mayda turkumlab ish­
lab chiqarishda sterjenlar qo‘lda tayyor­
lanadi va bunda yog‘och qoliplardan, yi- 
rik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqa­
rishda metalldan yasalgan sterjen qutila- 
ridan foydalanib, mashinalarda tayyor­
lanadi.
Sterjen tayyorlashda, xuddi nusxa 
tayyorlashdagi kabi, quymaning qotishida 
kirishishi albatta hisobga olinadi, ya’ni 
sterjenning oicham lari quymada hosil
(a) va hosil qilingan 
sterjen (b) tasvirlangan.
138


qilinishi kerak bo‘lgan bo‘shliqning o‘lchamlaridar. kichik qilinadi.
Sterjenlar qolipga qaraganda og‘irroq sharoitda ishlaydi. Shu 
sababli sterjen materiallari puxtaroq bo'lishi, gazlami yaxshi 
o ‘tkazishi lozim. Bundan tashqari, sterjen materiallari quymadan oson 
ajraladigan va nam tortmaydigan bo‘lishi ham kerak. Sterjenning 
mustahkamligini oshirish uchun orasiga sinch (armatura) qo‘yiladi, 
gaz o ‘tkazuvchanligini oshirish uchun esa sterjenning boshidan 
oxirigacha sim tiqib olinadi, murakkabroq sterjenlar ichiga pilik 
(kanop, poxol o‘ramlari va shu kabilar) qo‘yiladi, sterjen tayyor 
bo‘lganda ular sug‘urib olinadi yoki sterjen quritilayotganda kuyib 
ketadi.
Sterjen tayyorlanadigan materialning (aralashmaning) asosiy 
tarkibiy qismlarini kvars qumi, gil va turli bog‘lovchi moddalar tashkil 
etadi. Bog‘lovchi moddalaming asosiy vazifasi sterjenni yetarli 
darajada puxta qilishdan iborat. Bunday bog‘lovchilar sifatida 
o‘simlik moylari, neft, torf, ko‘mir, slanes va yog‘ochni qayta ishlash 
mahsulotlari, anorganik birikmalar (suyuq shisha, sement) va 
boshqalar ishlatiladi.
Tayyorlangan sterjenlar tegishli pechda 200 °C dan 400 °C gacha 
haroratda 
5 - 1 0 soat davomida 
quritiladi, natijada sterjenning 
puxtaligi zarur darajaga yetadi. Sterjenlar qolipga nusxadagi turli 
figuralar yordamida hosil qilingan tayanchlar, shuningdek, maxsus 
tirgaklar yordamida o ‘matiladi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling