A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

9.5. M etallam i bolg‘alash
Qizdirilgan metallni bolg‘a muhrasining zarbi yoki press 
muhrasining bosim kuchi ta ’sirida zarur shaklga keltirish jarayoni 
bolg'alash deb ataladi. Bolg‘alash natijasida olingan buyum pokovka 
deyiladi. Bolg‘alashda metall (qotishma) muhralar orasidagi bo‘sh 
joylarga o ‘tadi. Quyma metall bolg‘alanganda metallning dendrit 
tuzilishi (strukturasi) tola-tola tuzilishga aylanadi, prokatlangan metall 
bolg‘alanganda esa metallning tola-tola tuzilishi bir qadar yaxshi- 
lanadi. Demak, bolg‘alashda metallning mexanik xossalari ortadi.
Bolg‘alashda metall strukturasi va xossalarining o ‘zgarishi shu 
metallning bolg‘alanishdan oldingi strukturasi va xossalariga hamda 
bolg‘alanish darajasiga bog‘liq. Bolg‘alanish darajasi esa siqilish 
koeffitsiyenti bilan ifodalanadi: n = Fi / F2 bunda: F t - pokovkaning 
bolg‘alashdan oldingi ko‘ndalang kesimi yuzi, F2 -pokovkaning 
bolg‘alashdan keyingi ko‘ndalang kesim yuzi bo‘lib, cho‘ktirishda 
F]>F2 cho‘zishda esa F
i
Muhim pokovkalar uchun bolg‘alanish koeffitsiyenti 3 dan 5 ga­
cha va ba’zan undan ortiq bo‘ladi. Bolg'alash yo‘li bilan xilma-xil 
shakl va o‘lchamli, bir necha yuz grammdan 350 t gacha, ba’zan esa 
undan og‘ir pokovkalar tayyorlanadi.
150


Odatda, turli metall yoki qotishmalar qo‘lda va mashinalarda 
bolg‘alanishi mumkin. Dastaki (qo‘lda) bolg‘alash usulidan, asosan, 
ta’mirlash ishlarida va mayda pokovkalar tayyorlashda foydalaniladi. 
Mashinalarda bolg'alash usuli ko‘plab pokovkalar ishlab chiqarishda 
va og‘ir pokovkalar olishda qo‘llaniladi.
Metallami (tanavorlami) dastaki bolg'alashda ishlatiladigan 
asosiy asboblarga bolg‘a (bosqon), sandon, ombur, silliqlagich, 
qisqich, podboyka, zubilo va hokazolar kiradi.
Asosiy uskunalarga bolg‘a, turli bolg‘achalar va presslar kirsa, 
yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirish pechlari, tanavomi bol- 
g‘alashga uzatuvchi va ko‘maklashuvchi kranlar, siljitkichlar, mani­
pulator va boshqalar kiradi. Erkin bolg'alash jarayoni quyidagi asosiy 
operatsiyalarni o ‘z ichiga oladi:

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling