A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


B a ’zi prokatlarni tayyorlash texnologiyasi haqida


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

B a ’zi prokatlarni tayyorlash texnologiyasi haqida. M a’lumki, 
prokatlash jarayonida turli prokatlar (buyumlar) ishlab chiqariladi. 
Ana shunday prokat turlaridan chokli va choksiz quvurlar hamda 
suyuq metallardan prokatlar olish jarayonlari bilan tanishish maqsadga 
muvofiqdir.
Chokli quvurlar tayyorlash uch bosqichdan: tayyorlanmani egib, 
quvur shakliga keltirish, quvumi payvandlash va payvandlangan 
quvumi kalibrlash bosqichlaridan iborat.
Chokli quvurlar ishlab chiqarishda tayyorlanma sifatida p o ia t 
polosa (shtrips) olinadi, uning eni olinadigan quvuming parametriga, 
qalinligi esa quvur devorining qalinligiga teng boiadi.
Kichik diametrli (100 mm gacha) quvurlar olishda tayyorlanma 
maxsus pechlarda 1300-1350 °C gacha qizdirilib, so‘ngra zanjirli 
stanning payvandlash voronkasi orqali tortib o‘tkaziladi. Bunda 
tayyorlanma quvur shakliga kelib, qisilayotgan qirralari voronkadagi 
bosim hisobiga payvandlanadi.
Magistral gaz quvurlari uchun m o‘ljallangan katta diametrli 
quvurlar (630-1420 mm gacha) uchun tayyorlanmalar list qayirish 
stanlarida quvur shakliga keltiriladi. Keyingi yillarda listlami 
gidravlik presslar tizimi vositasida qayirib, quvur shaklini olgan 
tayyorlanmani zarur harorat (1300 °C) gacha qizdirib, uni p o ia t 
opravkaga kiygizilgan holda, jo ‘valardan ezib o‘tkazish bilan 
payvandlanmoqda. Quvurlami elektr energiyasi va gaz alangasidan 
foydalanib payvandlash usullari ham qoilaniladi.
146


Choksiz quvurlar ishlab chiqarish quyidagi ikki jarayonni o‘z 
ichiga oladi:
1. Qizdirilgan quymani qiyshiq prokatlash stanida prokatlash 
bilan unga teshik ochib qalin devorli gilza olish.
2. Qizdirilgan gilzani maxsus stanlarda prokatlab quvurlar olish.
Suyuq metallami prokatlash usulida prokat buyumlar olishning
asosiy mohiyati shundaki, bunda suyuq metall cho‘michdan suv bilan 
sovitib turiladigan jo ‘valar orasida hosil b o ig an voronkaga quyiladi. 
Suyuq metall voronkaga tushgach, qotadi va qarama-qarshi tomon­
larga aylanayotgan jo ‘valarda deformatsiyalanadi, natijada prokat 
hosil boiadi. Bu usulda mo‘rt metallami, masalan, cho‘yanni ham 
prokatlab yupqa listlar olish mumkin.
Prokatlashning yana bir necha turlari mavjud. Masalan, poiatlam i 
qizdirib va sovuqlayin prokatlash, prokatlashning maxsus turlari, 
rangli metall va qotishmalarni prokatlash, ultratovush orqali prokat­
lash hamda quymasiz prokatlash jarayonlari sanoat miqyosida keng 
qoilaniladi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling