A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
PAYVANDLASH VA PAYVANDLASH USULLARI
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
10. PAYVANDLASH VA PAYVANDLASH USULLARI
10.1. Payvandlash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Materiallami payvandlash asoslari Ma’lumki, mamlakatimizda fan-texnikani jadal rivojlantirish eng asosiy va muhim masalalardan hisoblanadi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilash, metallarga ishlov berish uslublarini takomillashtirish, ayniqsa payvandlashning yanada oqilona va ilg‘or usullarini joriy qilish muhim vazifalardandir. Buning uchun esa, aw alo, metallni tejab sarflash, mustahkam birikmalar (detallar) olish imkonini beradigan texnologiyalarni ishlab chiqish, oson va tez bajariladigan jarayonlarni tatbiq etish talab qilinadi. Masalan, faqat turli qurilish tuzilishlarini payvandlab biriktirish jarayonida 20 % ga yaqin metall tejaladi. Nikolay Nikolayevich Benardos (1842-1905) texnikaning turli sohalariga oid ko'pgina ixtirolar muallifidir. U 1882-yiida payvand- lashda elektr yoyini qo‘lladi. Hozirgi vaqtda deyarli hamma turlari: ko‘mir va metall elektrodlar bilan payvandlash, shu jumladan, flyus ostida payvandlash, ikki elektrod orasida yonayotgan bilvosita ta’sir etadigan yoy bilan payvandlashni u taklif etgan. N. N. Benardos yoyni magnit bilan boshqarish hamda ko‘mir va metall elektrodlar bilan pay vandlash avtomatlarini ham taklif etgan. Muhandis Nikolay Gavrilovich Slavyanov (1854-1897) jahonda birinchi bo‘lib o ‘zgarmas tok bilan ishlaydigan payvandlash generatori loyihasini ishlab chiqdi. Payvandlash jarayoni uch sinfga (DS 19521-74) termik, termomexanik hamda mexanik payvandlashga ajratiladi. Payvandlashning termik sinfi metallni suyuqlantirib payvandlash turlarini o ‘z ichiga oladi. Termomexanik sinfga issiqlik energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlash turlari kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi. Ishlatiladigan energiya turlariga ko‘ra, payvandlash quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: 156 - yaxlit qizdirib bosim ostida payvandlash; temirchilik usulida prokatlab, siqib payvandlash; -muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontakt usuli da, induksion presslab, yoy-presslab, duffiizion payvandlash; - metallni tashqi issiqlik manbayi bilan qizdirmay, bosim ostida payvandlash, ultratovush vositasida, sovuq holatda, ishqalab, portlatib, magnit-impuls usulida payvandlash; - suyuqlantirib payvandlash, elektr yoyi, gaz alangasida, termik usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan payvandlash. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling