4.
Payvand birikma
sifatini, undagi nuqsonlar joyi, o ‘lchamlari va
turini rentgen nuri bilan aniqlash juda oson.
Shuni aytish kerakki, uchma-uch payvandlanadigan birikmalar
ba’zi kamchiliklardan ham xoli emas, ya’ni:
Payvandlanadigan elementlami (detallarni) yig‘ish zarur.
Shakldor metallar yoki prokatlar (burchakliklar, shvellerlar,
tavrlar, qo‘shtavrlar) ni uchma-uch payvandlashda
qirralariga ishlov
berish murakkabroq.
Ustma-ust birikmada payvandlanadigan qismlar parallel joyla-
shadi va bir-birini berkitib turadi (10.1-rasm, b). Bunday birikmaning
asosiy kamchiliklari quyidagilardir:
1. Asosiy metall birikmalami qoplashga sarflanadi. Qalinligi 20
mm gacha bo‘lgan qismlami ustma-ust
payvandlaganda metallni
tejash zaruriyati cheklanadi.
2. Bunday birikmalarda yuklanish bir tekis bo'yicha taqsimlan-
maydi, shuning uchun bunday birikmalar o ‘zgaruvchan yoki dinamik
(zarbli) yuklanishlarga chidamsizroq.
3. Ustma-ust payvandlanadigan listlaming orasidagi choklar bir
tomonlama
payvandlanadigan boMsa, payvandlanmagan choklar
birikmaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birikmadagi nuqsonlami aniqlash qiyin. Bunday birikmalaming
afzalliklari:
1. Birikma ostidagi qirralami qiya qilib yo‘nish shart emas.
2. Birikmani yig‘ish oson va h.
Burchakli birikma bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida
joylashgan va bir-biriga tegib turadigan
joyidan payvandlangan ikki
qismning payvand birikmasidir (10.1-rasm, d).
Do'stlaringiz bilan baham: