A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
-rasm. Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasl
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1.3. Bosim ostida payvandlash
- 10.2. Payvand birikmalardagi nuqsonlar va ularni tuzatish
10.2-rasm. Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasl
161 Payvandlanadigan detal qirrasi va chok chegarasidagi metall donalarining qisman suyuqlangan zonasi suyuqlanish zonasi deb ataladi, shu zonada atomlararo bog'lanish sodir bo‘ladi. Bunda chok metali payvandlanadigan qismlar metali bilan mustaqil tutashadi, payvandlanadigan qismlaming sirtlaridagi iflosliklar shlak tarzida qalqib chiqadi, olib tashlanadi. 10.1.3. Bosim ostida payvandlash Bosim ostida payvandlashda esa biriktiriladigan joydagi metall biror R kuch ta ’sirida plastik deformatsiyalanadi. Biriktiriladigan sirtlardagi iflosliklar sirtga siqib chiqariladi, payvandlanadigan qismlaming sirtlari toza, tekis va butun qirqimi bo‘yicha atomning tutinish masofasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Atomlararo bolg‘anish ro‘y bergan zona birikish zonasi deb ataladi. Birikish zonasining kengligi o ‘nlab mikronlarda o ‘lchanadi. Detallaming birikish joylari qizdirilsa, ulaming qirralari oson plastik deformatsiyalanadi. Bunda muayyan joyni qizdirib payvand lashda issiqlik manbayi bo‘lib, elektr toki, gaz alangasi, kimyoviy reaksiya, mexanik ishqalanish, umumiy qizdirib payvandlashda temirchilik qo‘rasi, qizdirish pechi xizmat qiladi. 10.2. Payvand birikmalardagi nuqsonlar va ularni tuzatish Nuqsonlarning asosiy turlari va ulaming vujudga kelish sabablari. Suyuqlantirib payvandlangan birikmalarda DS 23055-78 ga muvofiq ichki nuqsonlarning quyidagi turlari bo‘ladi: payvand birikmaning sirti ga chiqmagan darzlar; chok metalidagi ichki g‘ovaklar, chala pay vandlangan va qotmasdan qolgan joy lar, shlak va oksid qo‘shilmalari. Payvand buyumni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinmaganda darzlar (issiq va sovuqdan hosil boigan; bo‘ylama, ko‘ndalang va tarmoqlangan; mikrodarzlar va makrodarzlar) vujudga keladi. Odatda, payvand birikmalarda umuman darzlar boiishiga raxsat etilmaydi. Payvand chokdagi cho‘kish kovagi kamdan-kam hollarda, faqat qalin listlar yoy yordamida payvandlanganda va payvandlash van- nasidagi metall massasi katta boiganda kuzatiladi. Nisbatan katta hajmli payvandlash vannasi oltingugurt, fosfor va boshqalar asosidagi oson suyuqlanadigan moddalar bilan ifloslangan holda vanna qotayot- 162 ganda cho'kish kovagi (chuqurcha) hosil bo‘ladi. Chokda bunday bo‘lmasligi kerak. Chok tubining botiqligi payvand birikmalar gaz puflab yoki detaining payvandlanadigan qirralari orasidagi tirqishni kattalashtirib flyus yostiqchasida hosil qilinganda vujudga kelishi mumkin. Dinamik yuklanish ta ’siri ostida bo‘ladigan yoki past haroratlarda ishlaydigan buyumlarda chok tubining botiq boMishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Payvand chokdagi teshik - chok sirtiga chiqadigan konussimon yirik g‘ovak. Payvandlash vannasidagi metall qotayotgan paytda undan muayyan joyda juda ko‘p gaz ajralib chiqishi natijasida bu nuqson paydo bo‘ladi. U ko‘pincha payvandlanadigan qirralarning ayrim joylari zang va moy bilan ifloslangan hollarda kuzatiladi. Payvand choklar yuzasidagi g‘ovaklar qoplamasi nam (quritil- magan) elektrodlar yoki yaroqlilik muddati o ‘tib ketgan elektrodlar bilan payvandlashda yuzaga keladi. Ayrim hollarda chokning 100 mm uzunligida diametri 2 mm dan kichik boMgan uchtagacha g‘ovak bo‘lishiga ruxsat etiladi. Joiz nuqsonlar me’yorlarini bilish kerak. Ular payvand konstruksiyalar tayyorlashga me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan. Elektrod metalining sachrab qotib qolgan tomchilari ochiq yoy vositasida payvandlashda paydo bo‘ladi. Tomchilar payvand birikma sirti bo‘ylab sochiladi, lekin maxsus bo‘yoq bilan qoplangan buyumga yopishib qolmaydi. Metall sirtidagi sachragan metall tomchilari yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqson hisoblanadi. Payvandlash jarayonida metall sirtiga surtiladigan qoplamalar, masalan «Duga-2» aerozoli metall sirtiga sachragan metall tomchilarining yopishib qolishiga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Sirti oksidlanish oson oksidlanadigan metallar (titan, magniy va ulaming qotishmalari) uchun ahamiyatga ega. Agar detallaming chok yaqinidagi sirtlari va chokning o‘zi havodan himoyaiangan boMmasa, payvandlashda metallning qizishi natijasida metallning sirti qatlami oksidlanadi. Payvand chokning ortiqcha puxtalanishi payvand buyumning dinamik yuklanish ta’sirida ishlashini yomonlashtiradi, shu sababdan bunday buyumlar uchun u yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqson hisoblanadi. Dastaki usulda payvandlashda payvandchi malakasining pastligi bunday nuqson vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Agar 163 payvandlanadigan detaining qalinligi 10 mm dan ortiq boisa, chokning qavariqlik yoki botiqligi 3 mm dan oshmaydi. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda va yarimavtomatik payvandlashda qotishish zonasidagi kesiklar elektrod uchini ko‘ndalangiga noto‘g‘ri tebratish oqibatida (payvandchining malakasi past) hosil bo‘ladi; tok ortgan sari kesik kattalashadi. Bu nuqson shuning uchun ham xavfliki, kesiklarda zo‘riqishlar to‘planadi, ular buyum dinamik yuklanish ta’sirida ishlaganda metallning buzilishiga olib keladi. Metallda chuqurligi 1 mm gacha, uzunligi 15 mm dan ortiq kesiklar va chuqurligi 1 mm dan katta uzunlikdagi kesiklar boiishiga y o i qo‘yilmaydi. Payvand chokning notekis tutashtirilishi, ortiqcha puxtalanish, toshmalar ko‘pincha payvandlash rejimi noto‘g ‘ri tanlanganda yoki payvandlanayotgan qirralarda qalin kuyindi qatlami boiganda vujudga keladi. Chala payvandianish. Bu nuqson navbatdagi marzachalar (valik- lar) yoki qatlamlar payvandlash shlakidan tozalanmagan oldingi me tall qatlami ustiga yotqizilganda, oraliq va chok qatlamlari orasida kuzatiladi. Payvand chokdagi shlak va metailmas qo‘shilmalar oksidli, sulfidli, fosforli va nitridli qo‘shilmalardir. Ular chok metalining qotish paytiga qadar payvandlash shlakiga ko‘tarilishga ulgurmagan payvandlash metallurgiyasiga bog‘liq. Odatda, bu nuqson yuqori tezlikda payvandlaganda paydo bo‘ladi. Payvand chokdagi ichki g‘ovaklar payvandlashda chok metali otadigan paytga kelib tashqariga chiqib ketishga ulgurmagan gazlaming ko‘p miqdorda ajralib chiqishi natijasida vujudga keladi. Ayni nuqson ayniqsa chuqur choklar hosil qilishda kuzatiladi. Payvand chokdagi metall aralashmalari. Volfram elektrod bilan teskari qutbli va katta toklarda payvandlaganda chokka ko‘pincha volfram zarrachalari tushadi. Payvand chok qirralarining siljib olishiga payvandlanadigan detallaming noto‘g‘ri yig‘ilishi sabab b o iad i. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling