A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Tavrsimon birikma - bir qismning sirtiga boshqa qism to‘g‘ri 
burchak ostida uchidan payvandlangan birikma (10.1 -rasm, e).
Burchakli va tavrsimon birikmalar to ‘sinlar, ustunlar, sinchlar, 
fermalar, ramalar va boshqalarni payvandlashda keng qo‘llaniladi. Bu 
birikmalar tegishli 
birikmaning 
mustahkamligini 
oshiradi 
va 
deformatsiyalanishini kamaytiradi.
Teshikli birikmalar - ustma-ust payvandlash chokining uzunligi 
yetarlicha mustahkam bo'lmaganda qo‘Ilaniladi.
Ustqo ‘ymali birikmalardan - uchma-uch va ustma-ust payvand- 
lashlaming iloji bo'lmaganda foydalaniladi.
158


Bunday birikmalar, asosan, shakldor qismlami biriktirishda va 
uchma-uch birikmalami kuchaytirishda qoilaniladi.
Elektr toki bilan parchinlab biriktirish, asosan, ustma-ust va tavr 
birikmalarda qoilaniladi. Shunday biriktirish orqali mustahkam, biroq 
zich boim agan birikmalar hosil qilinadi.
Payvand choklar payvand birikmalar ko‘rinishiga hamda chok ke- 
simining geometrik shakliga ko‘ra uchma-uch va burchakli choklarga 
ajratiladi. Uchma-uch choklar uchma-uch, torets, yonlama ba’zan esa 
burchakli birikmalar hosil qilishda ham qo‘llaniladi. Burchakli chok 
ustma-ust, tavrsimon va burchakli birikmalarda mavjud boiadi.
Uchma-uch choklar tashqi shakliga ko‘ra tekis yoki qavariq 
bo‘lishi mumkin. Burchaldi choklar botiq qilib ham bajarilishi 
mumkin. Qavariq chokli payvand birikmaiarga nisbatan statik 
yuklanishga chidamli. Biroq juda qavariq chokli payvand birikmalarda 
ortiqcha metall sarflanganligi uchun tejamsiz hisoblanadi. Yassi 
choldi uchma-uch birikmalar, botiq chokli, burchakli, tavrsimon va 
ustma-ust payvand birikmalar qavariq chokli birikmaiarga nisbatan 
dinamik (zarbli) yoki o ‘zgaruvchan yuklanishlarga chidamli boiadi.
Turli payvand choklaming sifati payvandlash rejimlarining to ‘g‘ri 
belgilanishi va to‘g‘ri bajarilishiga ham bog‘liq. Odatda, payvand 
chokning sifatini tekshirish ishlari uch bosqichga boiinadi:
1. Payvandlashdan avval asosiy metall bilan chok metalining sifa­
tini, elektrod qoplamasini, flyuslar qanchalik to ‘g‘ri belgilanganini, 
chok kertimlarining qanday tayyorlanganini tekshirish hamda pay- 
vandchining malakasini aniqlash.
2. Payvandlashning har bir jarayoni qanday va qay rejimlarda olib 
borilgani, ikkinchi qatlam chokini bostirishda yuzalarning kuyindi va 
shlaklardan tozalangani va umuman jarayonning to ‘g ‘ri olib borilgani 
tekshiriladi.
3. Payvandlab boiingach, chokning sifati, tashqi va ichki yuzalari 
(rentgen nurlari, metallografik mikroskoplar yordamida) kuzatiladi.
Payvandlangan buyumlaming sifati avvalo vizual kuzatiladi (za­
rur b o isa, nitrat kislotaning spirtdagi eritmasini ta ’sir ettirib lupada 
ko‘riladi). Bunday kuzatish bilan chokning sifatini aniqlash qiyin b o i ­
sa (ayniqsa murakkab tuzilishlarda), boshqa usullardan foydalaniladi. 
Chokning puxtaligini aniqlash uchun payvandlab tayyorlangan birik- 
malardan olingan maxsus namunalaming cho‘zilishi, zarbga va
159


egilishga bardoshliligi sinaiadi. Zarur hollarda esa mikroskopik 
tekshiruvlar ham o ‘tkaziladi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling