A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

zonasi deyiladi. Tayyorlanma bilan jo ‘vaning ko‘rinish (tegib turish) 
yoyi qamrash yoyi deb, bu yoyga to ‘g‘ri keladigan a burchak esa 
qamrash burchagi deb ataladi.
9.2. Metallami prokatlash
I
Э;
'
3
-
9.2-rasm. Turlishakldagi ariqchalijo'va.
143


Shuni ta’kidlash kerakki, a ning qiymati jo ‘valar sirtlarining 
tuzilishi va prokatlanadigan materiallaming xiliga bog‘liq holda 
o‘zgarishi mumkin. Masalan, po‘latni qizdirib prokatlashda silliq 
jo ‘valar uchun a = 15-24°; rangli metallami prokatlash uchun esa a = 
15-20° qilib olinadi. Zarur hollarda ishqalanishni oshirish uchun 
ba’zan silliq jo ‘valar sirtiga egov tishlari kabi tishlar (notekisliklar) 
kertiladi, bunday jo ‘valar uchun qamrash burchagini 32° ga yetkazish 
mumkin. Normal prokatlashda boshlang‘ich holatdagi tayyorlan­
maning jo ‘valar bilan ilashuvda boMgan va ulami tortishida hosil 
bo‘ladigan ishqalanish kuchi (T) itarilish kuchi (ТВ) dan katta bo‘lishi 
kerak.
Jo‘valaming sirti silliq yoki turli shakldagi ariqchali (9.2-rasm) 
bo‘lishi mumkin. Ariqchali ikki jo ‘vaning bir-biriga urilganda hosil 
bo'lgan bo‘shliq kalibr deb ataladi. Jo‘valaming oxirgi (pardozlash) 
kalibri prokatning shakliga mos keladi. Silliq jo ‘valar yordamida 
listlar, ariqchali jo ‘valar yordamida esa turli shakldagi buyumlar 
prokatlanadi. 
Sanoat miqyosida prokatlashning uchta asosiy: 
bo ‘ylama, qiyshiq va ко ‘ndalangprokatlash kabi turlari mavjud.
Bo‘ylama prokatlash yo‘li bilan sort va list prokatlar olinadi. Sort 
prokatlar jumlasiga ko‘ndalang kesimi doira, kvadrat, oltiyoqlik, 
uchyoqlik, tavr, qo‘shtavr, segment, rels, ellips va boshqa shakldagi 
prokatlar kiradi. List prokatlar qalin va yupqa listlarga boMinadi. Qalin 
listlaming qalinligi 4 mm dan ortiq, yupqa listlaming qalinligi esa 4 
mm gacha bo‘ladi. Yupqa listlar, ba’zan, o‘ram tarzida ham ishlab 
chiqariladi. Yupqa listlar sirtining sifati jihatidan har xil turlarga 
bo‘linadi. Masalan, dekapirlangan (yumshatilib, kuyundisi ketka- 
zilgan) listlar, ruxlangan listlar (tunukalar), oq (qalay yugurtirilgan) 
tunukalar, jilolangan qora tunukalar va boshqalar yupqa listlaming ana 
shunday turlari jumlasiga kiradi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling