A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


tor (kichik bessemerlash deyilib, hozir sanoat miqyosida deyarli ishla-  tilmaydi), kichik marten pechlari


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

tor (kichik bessemerlash deyilib, hozir sanoat miqyosida deyarli ishla- 
tilmaydi), kichik marten pechlari va boshqa pechlardan foydalaniladi.
Yuqori sifatli cho‘yan va quymalar olishda ikki-uch agregatda 
suyuqlantirish usulidan foydalaniladi. Masalan, po‘lat dastlab 
konvertorda, so‘ngra elektr pechda suyuqlantiriladi va bu jarayon 
dupleks deb ataladi.
Agar metall ketma-ket uch agregatda, masalan, vagranka, 
konvertor va elektr pechda suyuqlantirilsa, bunday jarayon tripleks 
deyiladi. Bronza elektr yoy pechlarida, aluminiy qotishmalari esa 
qarshilik pechlarida suyuqlantiriladi.
Metallami suyuqlantirishda ba’zan tigelli pechlardan ham 
foydalaniladi. Tigellarning sig‘imi 50 kg dan 300 kg gacha bo‘ladi. 
Yuqoridagi pechlarda suyuqlantirilgan metallar cho‘michlarga, 
ulardan esa qoliplarga quyiladi. Suyuq metall qoliplarga ikki usulda 
quyilishi mumkin: a) suyuq metall cho‘michlarda qoliplar oldiga 
keltiriladi; b) cho‘mich o‘zgarmas holatda bo‘lib, qoliplar maxsus 
konveyerda cho‘mich ostiga surib turiladi.
Qoliplarga quyilgan metall sovigach, qoliplar maxsus mashinalar 
yordamida sindirilib, quymalar ajratib olinadi, quyish tizimida qotgan 
metall qirib tashlanadi va quymalar turli usullarda, masalan, zoldirli 
tegirmon, pitra purkash mashinada qum donalari, yopishgan kuyundi 
va boshqalardan tozalanadi. Tozalangan quymalar texnik nazoratdan 
o ‘tkaziladi va nuqsoni bo‘lgan quymalar ajratib olinadi.
Quymakorlik materiallari. Ma’lumki, har qanday qotishmadan 
quymalar hosil qilish mumkin. Ammo quymalarning sifati texnik 
standart talablariga javob berishi uchun quymalar olishda bir qator 
talablar qo‘yiladi, ya’ni qotishmalar suyuq holatda oquvchan, kam 
kirishuvchan, bir strukturali, metallmas aralashmalardan xoli bo‘lishi 
va suyuqlanish harorati juda yuqori bo‘lmasligi lozim.
Ayniqsa, quymakorlikda eng ko‘p ishlatiladigan qotishmalardan 
po‘lat va cho‘yanning suyuq holatda oquvchanligi uglerod, kremniy 
va fosfor miqdoriga bog‘liq, ya’ni bu elementlaming miqdorlari bilan 
suyuq holatda qoluvchanligi to‘g‘ri mutanosib holda o‘zgarib boradi. 
Hozirgi quymakorlik sanoatida turli quymalar olishda rangli qotish­
malar va cho‘yan, po‘latlardan tashqari, ba’zi cho‘yan qotishma-
133


laridan ham foydalaniladi. Masalan, Сч12, Сч15, Сч18 cho‘yanlari 
puxtaligi pastroq va o ‘rtacha detallar, masalan, metall kesish 
dastgohlarining tayanchlari, asosi, g‘ilofi, qutisi va qopqoqlari, 
supporti, karetkasi va shu kabi detallami quyish uchun, Кч 21-40, 
Кч 24-44, Кч 28-48 cho‘yanlari esa mashinalarning muhim detallari, 
masalan, stanina, korpus, bu mashinasi silindrlari, tormoz barabanlari, 
friksion mufta disklari va shu kabilar uchun ishlatiladi. Juda yuqori 
sifatli cho‘yandan quymalar olish uchun, suyuqlantirish vaqtida 
cho‘yanga po‘lat siniqlari yoki maxsus elementlar qo‘shiladi, 
shuningdek, quymalar maxsus tarzda termik ishlanadi. Puxtaligi
yeyilishga chidamliligi va korroziyaga bardoshliligi yuqori bo‘lishi 
talab 
qilinadigan 
quymalar 
legirlangan 
cho‘yandan 
quyiladi. 
Quymalaming sifati cho‘yanni modifikatsiyalash y o li bilan amalga 
oshiriladi. Cho‘yanni modifikatsiyalash uchun suyuq cho‘yanni 
qoliplarga quyish oldidan unga ozroq silikokalsiy, magniy, aluminiy, 
titan yoki boshqa maxsus elementlar qo‘shiladi, cho‘yan tarkibidagi 
grafit va perlit donalari maydalashadi, natijada juda puxta cho‘yan 
hosil bo‘ladi va quymalaming mexanik xossalari yaxshilanadi. 
Modifikatsiyalanishi lozim b o ig an cho‘yan kam uglerodli (C 2,8 -
3,2%) va kam kremniyli (Si 1-1,5%) bolishi hamda 0,15-0,3% 
modifikatorlar albatta qo‘shilishi zarur.
Turli quymalar olish uchun asosan kam va o ‘rtacha uglerodli 
p o latlar 
ishlatiladi. 
Bunday 
polatlarning 
quyilish 
xossalari 
cho‘yannikidan pastroq b o iad i, lekin mexanik xossalari (ayniqsa, 
plastikligi va zarbiy qovushqoqligi) jihatidan cho‘yan quymalardan 
ustun turadi. Quymakorlik polatida uglerod miqdori 0,6 % dan 
ortmasligi, kremniy miqdori 0,37 % gacha, marganes miqdori esa
0,8 % gacha b olish i kerak. Fosfor bilan oltingugurt p o ia t 
quymalaming mexanik xossalarini pasaytiradi, quymakorlik polatida 
iloji boricha bu elementlaming bolinm asligi maqsadga muvofiqdir.
Standartga ko‘ra, quymakorlik polatlari vakillariga 15Q, 20Q, 
25Q,... 55Q polatlari kiradi. Bunda Q harfi quymakorlik p o lati 
ekanligini, raqamlar yuzga b o lin sa p o ia t tarkibidagi o ‘rtacha uglerod 
miqdorini bildiradi. Bu polatlam ing cho‘zilishdagi mustahkamlik 
chegaralari har xil, masalan, 15Q markali p o ia t uchun Gb=400 
mN/m2, nisbiy uzayishi 8=8-24 %, zarbiy qovushqoqligi aH=0,5 
mJ/m2; 55Q uchun esa Gb =600 mN/m2, 8 =5-10 % va aH=0,25 mJ/m2 
ga teng.
134


Quymalar olishda Cr, Ni, Mo, V va boshqa elementlar bilan 
legirlangan po‘latlar ham keng ishlatiladi.
Quymakorlikda eng ko'p ishlatiladigan rangli qotishmalar 
jumlasiga mis, aluminiy, magniy va boshqa rangli metallaming 
quymabop qotishmalari kiradi. Masalan, mis qotishmalaridan bronza 
va jez, aluminiy qotishmalaridan siluminlar, Al-Cu, A l-Cu-Si, A l- 
Mg qotishmalari, magniy qotishmalaridan esa M g-Al-Zn, M g-Al 
qotishmalari va boshqalar shular jumlasidandir.
Quymakorlik korxonalarida ishlatiladigan bronzalar ikki guruhga 
boiinadi: a) qalayli, b) qalaysiz bronzalar.
Jezlar (mis bilan mx qotishmalari) dan oddiy jezlar quymalar 
olishda kam ishlatiladi, chunki ulaming texnologik va mexanik 
xossalari ancha past bo‘ladi. Quyma buyum (detal) lar olish uchun 
oddiy va maxsus jezlar guruhidan, asosan, maxsus jezlardan 
foydalaniladi. Bunday maxsus jezlar olish uchun oddiy jezlarga qalay, 
aluminiy, kremniy, nikel, marganes, temir, qo‘rg‘oshin kabi 
elementlar ma’lum miqdorda qo‘shilgan bo‘ladi. Jezlarga qo‘shiluvchi 
elementlaming turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga ko‘ra 
belgilanadi. Shunday qilib, turli statistik m a’lumotlarga ko‘ra, quyma 
buyum (detal) laming 75 % ga yaqini kulrang cho‘yanlardan, 20 % 
chasi po‘latlardan, 2-3 % chasi bog‘lanuvchan cho‘yanlardan va juda 
oz qismi rangli metall qotishmalaridan olinmoqda.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling