A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
Texnologik xossalari.
Metall va qotishmalaming texnologik xossalariga ulaming texnologik ishlovchanligi bilan bogMiq xossalar: kirishuvchanligi, quyuluvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, bolg‘alanuvchanlik, payvandlanuvchanlik hamda kesib ishlanuvchanlik va boshqa xossalar kiradi. Bu xossalar haqida alohida to ‘xtalib o ‘tamiz. Qolipning oMchamlari va shu qolipda quyish yoMi bilan hosil qilingan quymaning oMchamlari orasidagi farq kirishuvchanlik deyiladi. Kirishuvchanlik % larda ifodalanadi. Qotishmalaming kirishuvchanligi bir-biridan farq qiladi va ma’lum kattalikka ega. Cho‘yanlar uchun kirishuvchanlik 1,5-1,75 % ni tashkil etsa, bu kattalik poMatlar uchun 1,4-2,2 %, kulrang cho‘yan 0,5-1,25 %, mis qotishmalari 0,8-1,6 %, aluminiy qotishmalari 0,3-1,2 % va magniy qotishlari 0,3-1,2 % ni tashkil etadi. Suyuq holatda oquvchanlik quymakorlik qotishmalarining mu him texnologik xossalaridan biri hisoblanadi. Metall va qotishma laming suyuq holatda qolipni toMdirish xossasiga suyuq oquvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalaming suyuq holatda oquvchanligi qanchalik yuqori boMsa, u suyuqlantirilganda qolipning yupqa va ingichka joylarini shunchalik yaxshi toMdiradi. Metall va qotishmalami bolg‘alash, shtamplash, prokatlash va bosim ta’sirida ishlash natijasida o‘z shaklini yemirilmasdan o‘zgar- tirish xossasiga bolg‘alanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalami bosim ta ’sirida ishlash vaqtida u qanchalik yuqori darajada deformat- siyalanib hamda bu deformatsiya uchun zamr kuch qanchalik kichik boMsa, uning bolg‘alanuvchanligi shunchalik yuqori boMadi. 25 Metall va qotishmalarni payvandlash vaqtida puxta hamda zich birikma hosil qilish xossasiga payvandlanuvchanlik deyiladi. Payvand chokni mexanik xossalari yuqori, strukturasi bir jinsli hamda mayda donali, g‘ovak va boshqa nuqsonlardan xoli bo‘lsa, payvandla nuvchanlik xossasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Vaqt birligi ichida eng ko‘p yo‘nib tushirilgan qirindi miqdori bilan baholanadigan kattalik miqdoriga kesib ishlanuvchanlik deyi ladi. Metall va qotishmalarni texnologik xossalarini aniqlash uchun turlicha sinovlar o ‘tkaziladi. Bu sinovlar murakkab emas, ular standartlashtirilgan. Standartlashtirilgan sinovlar jumlasiga bukiluv- chanlikka sinash, sovuq holatda cho‘kuvchanlikka hamda botiluv- chanlikka sinash va boshqalar kiradi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling