A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Elektr gidravlik shtamplash.
9.6. M etallami shtamplash asoslari
Shtamplash deb, maxsus shtamplar yordamida bosim bilan ishlov berib murakkab shaklli buyumlar olish usuli tushuniladi. U quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Qizdirib shtamplash. Tanavomi qizdirib, maxsus shtamplarda shtamplab pokovkalar deb yuritiladigan buyumlar olinadi. 2. Portlatib shtamplash. Bunday shtamplashda suyuqlik yoki gaz bosimidan foydalaniladi, tanavor shu bosim ostida matritsa shaklini oladi. 3. Elektr gidravlik shtamplash. Bunday shtamplash portlatib shtamplashga o‘xshash bo‘lib, zarb to iq in i suyuqlikda hosil qilingan elektr razryadi bilan yuzaga keltiriladi. 4. Sovuqlayin shtamplash. Ko‘plab ishlab chiqarish sharoitida po‘latdan, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan turli metall detallar ishlab chiqarishda shu usuldan foydalaniladi. Shtamplashda hosil qilinadigan buyumlar (detallar) xalq xo‘jali- gining turli sohalarida juda keng ishlatiladi. Hajmiy shtamplashning mohiyati shundan iboratki, tanavordan ma’lum shaklli buyum (pokovka) hosil qilish uchun metall asbobning shu buyum shakliga mos bo‘shlig‘iga suyuq metall bosim ostida to‘ldiriladi. Shtamplash uchun ishlatiladigan asosiy asbob shtamp plitalari hisoblanib, ikki 152 (ostki va ustki) palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Shtamplar maxsus poiatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li yoki ko‘p ariqchali (ko‘p pazli) shaklda boiadi. Biror shakldagi buyum (detal) tayyorlash uchun suyuq metall quyilib shtampdagi bo‘shliq (ariqcha) lar toidiriladi va tegishli shakl hosil qilinadi. Shtamplash ham konstruksion materiallami bosim bilan ishlash usullaridan biri boiib, hosil qilinadigan buyumning shakli, asosan, shtamplash orqali hosil qilinadi. Bu juda tejamli usul. Materiallami shtamplashda bug‘-havo bolg‘alari, taxtali friksion bolg‘alar, krivoshipli qizdirish shtamplari (KQSh), gorizontal bolg‘alash mashinalari (GBM), friksion presslar va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi. Friksion bolg‘alar tushuvchi qismining ogirligi 0,5-2 t gacha b oiadi. GBM bilan mayda pokovkalar, masalan, bolt, gayka, shayba, shpilka, parchinmix va shu kabilar olinadi. Qizdirib hajmiy shtamplash, asosan, sanoatda ko‘plab yoki yirik turkumlab yuqori aniqlikdagi har xil shaklli va oicham li buyumlar olish uchun qoilaniladi. Bunday shtamplash texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan iborat: metallami kesib tanavor hosil qilish, tanavorni qizdirish, shtamplab termik ishlash, pokovkani kerakli rangga bo‘yash. Bu usul bilan qiyin deformatsiyalanadigan qotishmalarga ham ishlov berish mumkin. Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to‘g ‘ri aniqlay bilish katta ahamiyatga ega, chunki material miqdori keragidan kam bo isa, shtamp bo‘shlig‘i to im ay qolib, buyum kemtik (nuqsonli) b o iib chiqadi, material miqdori keragidan ortiq boiganda esa ortiqcha metalldan kattagina pitr hosil boiadi yoki pokovkaning shakli buziladi. Sovuqlayin hajmiy shtamplash usulidan uncha katta boim agan oicham dagi pokovkalami tayyorlashda foydalaniladi. Bunda ish unumi kamaymagani holda shtamplashda turli metall chiqindilari kamayadi, sirt (yuza) lar sifati yaxshilanadi, buyumning yuqori aniqlikda chiqishi ta’minlanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling