fazoviy buyumlar tayyorlashga
list shtamplash deb ataladi. List
shtamplash shtamplar yordamida press bilan yoki pressiz (32-rasm)
bajariladi. Shtamplanadigan listlaming qalinligi 0,15-60 mm gacha
bo‘ladi. Listlar yupqa (qalinligi 4 mm gacha) va qalin listlarga
(qalinligi 4 mm dan ortiq) bo‘linadi. Yupqa listlaming hammasi,
asosan,
sovuqlayin shtamplanadi, 15-20 mm dan qalin listlami albatta
shtamplash oldidan bolg‘alash haroratigacha qizdirish talab qilinadi.
Bu usulda ishlab chiqariladigan detallaming aniqlik sinflari asosan 4
va 3 bo‘lib, soat detallaridan to bug‘ qozonlarining tubigacha, dengiz
kemalarining detallari hamda yengil avtomobillaming 70
% dan
ko'proq detallari shu usulda olinadi.
List shtamplash jarayonlari ikkita asosiy guruhga:
ajratish va
shakl о ‘zgartirish jarayonlari gumhiga bo‘linadi.
Ajratish jarayonlari
gumhiga qirqish, qirqib olish, o‘yib tushirish va boshqa jarayonlar;
shakl hosil qilish jarayonlari guruhiga esa egish,
botiq qilish, chetini
ayirish, bort chiqarish, bo‘rttirish (shakl berish), siqish, list zarblash
(relyefli shtamplash) va boshqa operatsiyalar kiradi.
Qirqishda list, polosa yoki tasmalardan ma’lum o ‘lchamli
chala
tanavorlar kesib olinadi.
Qirqib olishda chala tanavorlardan zamr shakldagi tanavorlar
kesib olinadi.
Bunday operatsiyalami bajarishda tanavorlaming qalinligiga
qarab diskli, richagli, parallel va
qiya pichoqli qaychilardan
foydalaniladi.
O'yib tushirish - listdan aylana, kvadrat yoki boshqa shaklli
tanavor o ‘yib tushirish. Listdan
disk shaklidagi tanavordan, bu
tayyorlanmadan esa shayba hosil qilish o ‘yib tushirishga misol bo‘la
oladi. 0 ‘yib tushirish operatsiyasi maxsus shtamplarda bajariladi.
Egish - list tanavordan egik buyum hosil qilish. Egish bir
burchakli, ya’ni F-simon va ikki burchakli U-simon va boshqa
turlarda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: