Nazorat savollari
Avogadro qonuniga ta’rif bering.
Normal sharoit deganda Siz nimani tushunasiz?
Loshmidt soni nimani bildiradi?
1.6 - §. Ideal gazning holat tenglamasi. Mendeleev Klapeyron tenglamasi
Ideal gaz xolatini ifodalovchi parametrlar gazning bosimi R xajmi V, temperaturasi T ma’lum bo‘lsa uning holati aniqlangan hisoblanadi.
Ideal gazlar kinetik nazariyasida keltirib chiqarilgan R=pkT tenglamada hajm birligidagi gaz molekulalarining soni ekanligini va ekanligini yodga olsak
(1.6-1)
kelib chiqadi.
Agar NAЧk=R deb belgilasak
(1.6-2)
hosil bo‘ladi. (1.6-2) tenglamaga ideal gazning xolat tenglamasi yoki Mendeleev-Klapeyron tenglamasi deyiladi. Bu formulada R=NAЧk=8,31 ga gaz universal doimiysi deyiladi. Uning fizik ma’nosi qo‘yidagicha: istalgan 1 mol ideal gaz izobarik ravishda 1K ga qizdirilganda kengayish tufayli 8,31j ish bajaradi.
Bu tenglamadan ko‘rinadiki, ideal gazning bosimi bilan xajmi ko‘paytmasi uning temperaturasiga to‘g‘ri proporsional.
Agar gazning miqdori 1 molga teng bo‘lsa bu tenglama
RV=RT (1.6-3)
ko‘rinishini oladi.
Shunday qilib, ideal gazlar Mendeleev-Klapeyron tenglamasiga bo‘ysunadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, past bosimdagi real gazlarni ideal gaz qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblash mumkin. Bosim ortgan sari ideallikdan chetlanishlar ortib boradi.
Nazorat savollari
Ideal gazning holat tenglamasini yozing va tushuntiring.
Gaz universal doimiysi qanday birlikda o‘lchanadi?
Gaz universal doimiysining fizik ma’nosi nimadan iborat?
Bir mol gaz uchun ideal gaz holat tenglamasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |