A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023


Download 0.72 Mb.
bet14/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA — копия

Nazorat savollari

  1. Sistemaga berilgan issiqlik miqdori nimalarga bog‘liq?

  2. Moddalarning issiqlik sig‘imi deb nimaga aytiladi?

  3. Solishtirma issiqlik sig‘imiga ta’rif bering.

  4. Solishtirma issiqlik sig‘imi qanday birlikda o‘lchanadi?

  5. Molyar issiqlik sig‘imi deb nimaga aytiladi?

  6. Doimiy bosimdagi molyar issiqlik sig‘imi bilan doimiy hajmdagi molyar issiqlik sig‘imi qanday bog‘langan?

2.3 - §. Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga tadbig‘i

Termodinamik sistemani ideal gazdan iborat deb qarasak, uning holatini bosimi R, hajmi V, temperaturasi T, issiqlik sig‘imi S kabi parametrlar orqali aniqlash mumkin. Shu parametrlardan birortasi doimiy qolib, qolganlari o‘zgaradigan bo‘lsa, bunga shu parametr doimiy bo‘lgan jarayon – izojarayon deb aytiladi.


Masalan: temperatura doimiy bo‘lgan jarayonga izotermik, bosim doimiy bo‘lgan jarayonga izobarik, hajm doimiy bo‘lgan jarayonga izoxorik, sistema tashqari bilan energiya almashinmasa (energiya olmasa ham, energiya bermasa ham) adiabatik jarayon deyiladi. Tabiiy holda, bunday izojarayonlarda sistemaga berilgan issiqlik miqdori bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham turli izojarayonlarda termodinamika birinchi qonunining ko‘rinishi ham turlicha bo‘ladi. Ana shu izojaryonlarga termodinamika birinchi qonunining tadbig‘ini ko‘raylik.

  1. Izotermik jarayon. Termodinamik sistemaning temperaturasi o‘zgarmasa, uning ichki energiyasi ham o‘zgarmaydi, ya’ni U=0 Shuning uchun termodinamikaning birinchi qonuni

Q=A (2.3-1)
ko‘rinishini oladi.
Bu holda gaz issiqlikdan kengayib, o‘zi ish bajaradi.

  1. Izobarik jarayon. Bu jarayonda gazga berilgan issiqlik miqdori gazning ichki energiyasini oshirishga va gazning kengayib, ish bajarishiga sarf bo‘ladi. Bu jarayonda termodinamikaning birinchi qonuni

(2.3-2)
ko‘rinishida bo‘ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling