A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023


Download 0.72 Mb.
bet17/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429230
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA — копия

Nazorat savollari

  1. Issiqlik dvigateli deb nimaga aytiladi?

  2. Issiqlik dvigatellari qanday qismlardan iborat bo‘ladi?

  3. Karno sikli qanday jarayonlardan iborat?

  4. Issiqlik dvigatelining foydali ish koeffitsienti deb nimaga aytiladi?

  5. Karno siklining FIK nimalarga bog‘liq?



2.5 - §. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
Termodinamikaning birinchi qonuni sistemaga berilayotgan issiqlik miqdori, ichki energiyasi va bajariladigan ish o‘rtasidagi munosabatni aniqlaydi. Sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasini ishga aylantirish ham bu qonunga zid emas. Vaholanki, yuqoridagi paragraflardan ko‘rinadiki, sistemaga berilgan issiqlikning hammasini ishga aylantiruvchi sikl asosida ishlovchi mashinaning bo‘lishi mumkin emas. Sistemaga berilgan issiqlikning hammasini ishga aylantiruvchi mashinaga ikkinchi tur abadiy dvigatel deyiladi. Demak ikkinchi tur abadiy dvigatel bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda, Karno siklining FIKi hech vaqt birga teng bo‘lishi mumkin emas. Ana shu fikrga termodinamikaning ikkinchi qonuni ham deyiladi. Boshqacha ta’rif ham berish mumkin: issiqlik hamma vaqt o‘z-o‘zidan issiqroq jismdan sovuqroq jismga o‘tadi. Issiqlikni sovuqroq jismdan issiqroq jismga uzatish uchun qo‘shimcha energiya sarflash kerak. Bu vaqtda sovuqroq jism yanada soviydi, issiqroq jism esa yanada isiydi. Karno sikli soat strelkasi yo‘nalishida bajarilsa u issiqlik dvigateli sifatida ishlaydi, ya’ni isitgichdan olingan issiqlikning bir qismini ishga aylantiradi va qolgan qismini sovitgichga uzatadi. Agar Karno sikli soat sterlkasiga teskari yo‘nalishda bajarilsa u holda sovitgich yanada soviydi, isitgich yanada isiydi, ya’ni bu vaqtda sovitgichdan issiqlik olinib isitgichga uzatiladi.
Shunday qilib, termodinamikaning 2-qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: foydali ish koeffitsienti birga teng bo‘lgan issiqlik mashinasining bo‘lishi mumkin emas.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling