A.Y.Normurodova
MOLEKULYAR FIZIKA
(risola)
Toshkent – “Lesson press” – 2023
UO‘K 93/94
KBK 63.3(2)(5O‘)
N19
A.Y.Normurodova Sh.H.Ubaydullayeva
Molekulyar fizika. Risola// – “Lesson
press” nashriyoti. – Toshkent: 2023. – bet.
Ushbu ma’lumotnomada elementar fizika kursidan molekulyar fizikaning asosiy tushunchalar va formulalar qisqacha aks ettirilgan. Shuningdek, ma’lumotnomaning ilova qismida masalalar yechish uchun zarur bo‘lgan ba’zi fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklari, fizik doimiylar, qisqacha matematik tushunchalar kabi muhim ma’lumotlar keltirilgan.
В данном справочнике кратко отражены основные понятия и формулы молекулярной физики из курса элементарной физики. Также в приложении справочника представлены такие важные сведения, как некоторые физические величины и единисы их измерения, физические константы, а также краткие математические понятия, необходимые для решения задач.
In this reference, the basic concepts and formulas of molecular physics from the course of elementary physics are briefly reflected. Also, in the appendix of the reference book, important information such as some physical quantities and their measurement units, physical constants, and brief mathematical concepts, necessary for solving problems, is given.
Taqrizchilar: PhD J.Haqullov – Mirzo Ulug’bek nomidagi o’zbekiston Millliy universiteti dotsenti
t.f.f.d. (PhD) G’.Rayimov – Termiz davlat Universiteti kata o’qituvchisi
Ushbu risola Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ilmiy-uslubiy Kenashining 2023-yil 26.03 dagi 20 -sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-8388-5-7 ©«Lesson press» nashriyoti, 2022
MOLEKULYAR FIZIKA
So‘z boshi
Ushbu risola ikki qismdan iborat bo‘lib, akademik lisey o‘quvchilari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fizika fanining o‘quv dasturi asosida yozilgan.
Mazkur qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi asoslarini yoritishga bag‘ishlagan. Ikkinchi qismiga termodinamika asoslari fizikasi kiritilgan.
Risolani yozishda mavzularni imkoni boricha soddaroq qilib yoritishga, fizik hodisalarning mohiyatini ochishga harakat qilindi va ularning amalda qo‘llanilishiga ko‘proq ahamiyat berildi hamda muallif Denov tadbirkorlik va pedagogika intitutida orttirgan bilim va tajribalaridan ham foydalandi. Risolaning har qaysi bob paragraflarga bo’lingan. Har bir paragrafdan keyin nazorat savollari va har bir bob tugagandan keyin shu bobdagi mavzularga ta’alluqli masalalarning yechish namunalari va mustaqil yechish uchun masalalar berilgan. Masalalarni tanlashda aksariyat hollarda Davlat test markazining axborotnomasida e’lon qilingan masalalardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |