A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023


Barcha moddalar shu moddaning barcha xossasini o‘zida mujassamlantirgan molekulalardan tashkil topgan


Download 0.72 Mb.
bet4/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA — копия

1. Barcha moddalar shu moddaning barcha xossasini o‘zida mujassamlantirgan molekulalardan tashkil topgan.
2. Molekulalar uzluksiz xaotik issiklik harakatida bo‘lib, ma’lum kinetik energiyaga ega va molekulalar harakat davomida bir-biridan ma’lum masofada bo‘ladilar.
3. Molekulalar o‘zaro ta’sirlashadi. Ular orasidagi ta’sir kuchi zarralar orasidagi masofaga bog‘lik. Kichik masofalarda ular o‘zaro itarishadi, kattaroq masofalarda ular o‘zaro tortishadi.
Moddalarning qattiq, suyuq va gaz agregat xolatlarida bo‘lishi modda zarralari orasidagi ta’sirning masofaga bog‘liqligi bilan tushuntiriladi.
Modda molekulari orasidagi ta’sir deyarli nolga teng bo‘lganda modda molekulalari bir-biridan yetarli masafada bo‘ladilar. Gaz deb ataluvchi bunday modda molekulalari erkin va tartibsiz harakat qilib, o‘zaro to‘qnashib ham turadi. Agar xonaga biror o‘tkir hidli gaz kiritilsa ma’lum vaqt o‘tishi bilan kuzatuvchiga yetib boradi. Bu gaz molekulalari kuzatuvchiga yetib kelguncha uning molekulalarining harakat traektoriyasi uzluksiz siniq chiziqlardan iborat bo‘ladi. Buni birinchi marta suyuqliklarda eritilgan koloid zarralarining xarakatini mikroskop ostida kuzatgan ingliz botanigi R.Broun (1827-yil) edi. Shuning uchun bu xarakatga Broun xarakati deb aytiladi.
Metr (m) — kripton sakson olti elementining va elektron sathlari orasidagi o‘tishda vakuumda hosil bo‘ladigan nurlanish to‘lqin uzunligining 1650763,73 miqdoriga teng bo‘lgan uzunlikdir.
Sekund (s) — seziy bir yuz o‘ttiz uch (Cs133) elementi asosiy holatining ikkita o‘ta nozik sathlari orasida sodir bo’ladigan nurlanish davrining 9.192.631.770 miqdoriga teng bo‘ladigan vaqtdir.
Kilogramm (kg) — halqaro kelishuvga muvofiq Parij yaqinidagi Sevr shahrida saqlanadigan platina iridiy qotishmasidan tayyorlangan, balandligi 99 mm va diametri 39 mm silindrning massasi qabul qilingan.
Mol (mol) —moda miqdori kattaligining birligi bo‘lib, uglerod o‘n ikki (S12) elementining 0,012 kg da qancha struktura elementi bo‘lsa (6,02.1023), shuncha struktura elementi bor bo‘lgan moda miqdoridir.
Kelvin (K) – toza suv uchlamchi nuqtasi termodinamik temperaturasining 273,15 dan bir qismiga teng kattalikdir.
Suyuqlik molekulalari orasidan o‘zaro tortishish kuchlari gazlardagiga qaraganda bir necha ming marta katta. Har qanday suyuqlik molekulalari o‘zaro ta’sir sferasiga ega. Suyuqlik molekulalari muvozanat xolat atrofida tebranma va aylanma xarakat qilish bilan birga bir muvozanat xolatdan ikkinchi muvozanat xolatga ham o‘tib turadi. Shuning uchun suyuqliklarda diffuziya gazlardagiga nisbatan ancha sekin ruy beradi.
Qattiq kristall jismlarda zarralar aniq tartib bilan joylashgan bo‘lib, muvozanat holat atrofida tebranma va aylanma harakatda bo‘ladi. Bir muvozanat holatdan ikkinchi holatga o‘tish deyarli bo‘lmaydi. Shuning uchun qattiq jismlar o‘z hajmlari bilan birga o‘z shakllariga ham ega, ya’ni qattiq jism zarralari orasidagi ta’sir kuchi suyuqliklardagiga karaganda ancha kuchli. Shu sababli xam qattiq jismlarda diffuziya xodisasi deyarli kuzatilmaydi yoki juda sust kuzatiladi.
Temperaturaning o‘zgarishi bilan qattiq jism, suyuqlik va shuningdek gazlarning xossalari ham o‘zgara boradi. Xususan, gazlar va suyuqliklarda temperaturaning ortishi bilan Broun harakati tezlashadi. Temperaturaning ortishi bilan qattiq jismlarning ham xossalari o‘zgara boradi. Xususan, qizdirilish orta borsa qattiq jismlar eriy boshlaydi, ya’ni suyuq holatga o‘tadi. Bu esa temperaturaning ortishi bilan uni tashkil etuvchi zarralarinig xarakat tezligi va ular orasidagi ta’sir kuchi xam o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, modda qanday agregat xolatda bo‘lishidan kat’iy nazar uni tashkil etuvchi zarralar uzluksiz issiqlik xarakatda bo‘ladilar. Gazlarda xarakat intensivligi yuqori, suyuqliklarda sustroq, qattiq jismlarda yanada sustroq bo‘lar ekan.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling