Nazorat savollari
Ideal gazning temperaturasi nimani xarakterlaydi?
Gaz molekulasining tezligi gaz temperaturasiga qanday bog‘liq?
Selsiy shkalasidagi temperatura bilan Kelvin shkalasidagi temperatura qanday bog‘langan?
Shtern tajribasi nimani isbotlaydi?
Gaz molekulalari uchun Maksvell taqsimoti funksiyasini yozing va tushuntiring.
1.5 - §. Ideal gaz qonunlari
Gazning makroskopik xolatini uning bosimi R, xajmi V, temperaturasi T ifodalaydi. Bu parametrlar o‘rtasidagi bog‘lanish berilgan m massadagi gaz uchun turli xil olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, bu bog‘lanishlarni aniqlovchi munosabatlar ularning nomlari bilan yuritiladi. Shu qonunlar bilan tanishamiz.
1. Ideal gazning xajmi bilan bosimi orasidagi bog‘lanish.
Boyl-Mariott qonuni
Gazning temperaturasi doimiy bo‘lgandagi jarayonga izotermik jarayon deyiladi. Shu jarayonda gazning bosimi bilan hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni bir-biridan mustaqil ravishda tekshirib, ingliz olimi R.Boyl (1627-1691) va fransuz olimi E.Mariott (1620-1684) quyidagi qonunni kashf qildilar:
Temperatura o‘zgarmas bo‘lganda, berilgan gaz massasining bosimi gazning xajmiga teskari proporsional bo‘ladi. Bu qonunga Boyl-Mariott qonuni deb ataladi.
Misol uchun biror gaz massasining temperaturasi o‘zgarmas T=const bo‘lsin. R1 bosimda gazning xajmi V1, R2 bosimda gazning xajmi V2 bo‘lsin. U xolda
yoki P1V1=P2V2 (1.5-1)
Boshqacha aytganda, temperatura o‘zgarmaganda berilgan gaz massasi xajmining bosimga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir. Agar bu bog‘lanishni R=R(V) masshtabida grafik ravishda ifodalasak izotermik (T1=const) jarayon grafigi xosil bo‘ladi. (4-rasm).
Agar temperaturani T2 gacha oshirib, keyin uni doimiy qoldirib R va V o‘rtasida bog‘lanishni aniqlasak T2-ga tegishli izoterma hosil bo‘ladi.
O‘tkazilgan tajribalar Boyl-Mariott qonuni past bosimli gazlarda bajarilishi isbotlandi. Juda katta bosimlarda Boyl-Mariott qonunini tadbiq etib bo‘lmaydi. Unday xollarda bosim bilan hajm o‘rtasidagi bog‘lanish ancha murakkablashadi.
4-rasm
Boyl-Mariott qonunidan ko‘rinadiki, gazning temperaturasi o‘zgarmaganda uning bosimi xajmiga teskari proporsional bo‘lganligi uchun, gazning bosimi ortishi bilan uning zichligi xam ortadi, ya’ni gazning bosimi zichligiga to‘g‘ri proporsional.
Do'stlaringiz bilan baham: |