A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023


Download 0.72 Mb.
bet3/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1429230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA — копия

Statistik usulda moddani tashkil etuvchi zarralarning umumiy harakat qonuniyatlari o‘rganilib, moddaning xossasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Masalan, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligini gazning temperaturasini o‘lchash orqali aniqlash mumkin.
Termodinamik usulda shu moddaning boshqa atrof muhit bilan energiya almashinishini o‘rganish orqali moddaning xossasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Boshqacha aytganda, energiya almashinish bilan bo‘ladigan jarayonlarning kinetikasini o‘rganadigan fizikaning bo‘limiga termodinamika deyiladi. Termodinamikada asosiy parametlar sifatida termodinamik sistemani xarakterlovchi kattaliklar: P bosim, V hajm, T temperatura olinadi. Vaqt o‘tishi bilan bu parametrlar o‘zgarmasa termodinamik sistema muvazanatda deyiladi.
IX-XVI asrlarga kelib ilmiy izlanishlar markazi yaqin, o’rta sharq va O’rta Osiyo mamlakatlariga siljidi.
I BOB
MODDA TUZILIShINING MOLEKULAR KINETIK NAZARIYaSI ASOSLARI
1.1 - §. Modda tuzilishi to‘g‘risidagi ilk tasavvurlar va ularning rivojlanish bosqichlari. Moddaning agregat holatlari
Mexanikada biz jismlarni bir butun deb hisoblab, ularning ichki tuzilishiga e’tibor bermadik. Vaholanki, istalgan jism mayda ko‘zga ko‘rinmas zarralardan tashkil topganligini suyuqlik va qattiq jismlarning bug‘lanishi va issiqlikda kengayishini isbotlaydi.
Molekular fizika fanida istalgan jismlarning ichki tuzilishi kanday, nima uchun odatdagi sharoitda ayrim moddalar gaz, ayrim moddalar suyuq, ayrim moddalar qattiq holatda bo‘ladi degan savollarga javob beriladi.
Moddalarning tuzilishi kishilik jamiyatining eng ilg‘or kishilarini qadim zamondan qiziqtirib kelgan. Masalan, bizning eramizdan oldingi 624-547 yillarida yashagan va aniq falsafaning asoschisi Fales moddiy dunyoning asosida suv yotadi, degan g‘oyani ilgari surgan. Uning zamondoshlari Anaksimen (588-525 y) borlik dunyo zaminida havo, Geraklit (544-483 y) borliq dunyo asosi olov degan g‘oyani ilgari surishgan. Empedokl (eradan avvalgi 490-430 y) bu g‘oyalarni birlashtirib Yer, suv, havo va olov borliq dunyoning asosidir degan edi. Modda tuzilishi to‘g‘risidagi bu ilk tasavvurlar faqat kuzatishga asoslangan edi.
Moddiy dunyo tuzilishining asosida mayda ko‘zga ko‘rinmaydigan zarralar yotadi degan ta’limot Levkit (eradan avval 500-400 y) Demokrit (341-270 y), Lukresiy Kar (99-55 y) asarlarida yanada rivojlantirdi. Xususan: Demokrit moddalar ko‘rinmas, bo‘linmas, yo‘qolmaydigan va g‘oyibdan paydo bo‘lmaydigan atomlardan tuzilgan degan nazariyaga asos soldi. “Atom” grekcha so‘z bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni beradi.
Ingliz olimi D.Joul (1818-1889), elektr va magnit maydonlarning bir-biridan ajralmas ekanligini, yorug‘likning o‘zi ham elektromagnit to‘lqinlardan iborat ekanligini nazariy ravishda isbotlagan, shuningdek, gaz molekulalarining xaotik harakati ma’lum qonuniyatga bo‘ysunishini isbotlagan Shotlandiyalik D.K.Maksvell (1831-1879) energiya bilan temperaturaning, ehtimolik bilan entropiyaning o‘zaro bog‘lanishda ekanligini isbotlagan.
O‘rta Osiyolik Vatandoshlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa allomalar modda tuzilishning Demokrit ilgari surgan g‘oyalari asosida ularning xossalarini sharhlashga harakat qilishgan. Jismlar isitilganda uni tashkil etuvchi zarralarining harakati tezlashuvi haqida fikr yuritganlar. 1897 yilda ingliz fizigi J.Tomson tomonidan atom tarkibiga kiruvchi elektron kashf etildi. Bu bilan atomning o‘zi ham murakkab tuzilishiga ega ekanligini isbotlandi. 1911 - yilda Rezerford atom tuzilishining yadroviy modelini taklif etdi.
Xozirgi zamon fizikasining ta’limotiga ko‘ra xamma elementlarning zaminini atomlar tashkil qiladi. Atom elementning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasidir.
Bir yoki bir necha atomlar birikib modda zarralari-molekulalarni tashkil qilish mumkin. Modda molekulasi-moddaning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi bo‘lib, “kichik massa” ma’nosini beradi. Barcha moddalarning molekular tuzilishini Broun xarakati, ularning diffuziyasi kabi misollar isbotlaydi.
Xozirgi zamon molekular fizika fani kuyidagi asoslarga tayanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling