A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023
Download 0.72 Mb.
|
MOLEKULYAR FIZIKA — копия
3. Izoxorik jarayon. Bu holda gaz kengaymaydi, shuning uchun ish bajarmaydi. Demak, sistemaga berilgan issiqlik miqdori faqat sistemaning ichki energiyasini oshirishga sarf bo‘ladi.
Q= U (2.3-3) Agar gaz soviyotgan bo‘lsa, uning ichki energiyasi kamayadi ya’ni uning temperaturasi pasayadi. 4. Adiabatik jarayon. Agar termodinamik sistema tashqi atrof muhit bilan energiya almashmasa bunday jarayonga adiabatik jarayon deyiladi. Ta’rifdan ko‘rnadiki, adiabatik jarayonda Q=0 bo‘lganligi uchun termodinamikaning birinchi qonuni. U+A=O yoki U=-A (2.3-4) ko‘rinishini oladi. Termodinamik sistemani ideal gaz bilan to‘ldirilgan silindr-porshen majmuasidan iborat deb qarasak, gaz kengayganda musbat ish bajaradi-yu (A>0), uning ichki energiyasi kamayadi, ya’ni soviydi (U<0) Agar gaz adiabatik siqiladigan bo‘lsa uning temperaturasi tashqi kuchlarning bajargan ishi hisobiga ortadi. Ammo, ta’kidlash kerakki, har qanday sistemani tashqi muhitdan mutloq izolyatsiyalash mumkin emas. Sistemada parametrlar juda tez o‘zgarsa, (masalan, gaz tez kengaysa) tashqi muhit bilan issiqlik almashib ulgurmaydi, deb hisoblash mumkin. Shuning uchun sistemada juda tez o‘zgaradigan jarayonlarni adiabatik jarayon, deb hisoblash mumkin. Ideal gazdan iborat termodinamik sistema uchun adiabatik jarayon tenglamasi Puasson tomonidan chiqarilgan bo‘lib, uning nomi bilan ataladi. PV= (2.3-5) 10-rasm Bu tenglamada R gazning bosimi, V hajmi, esa ideal gazning doimiy bosimdagi molyar issiqlik sig‘imi sR ning, doimiy hajmdagi molyar issiqlik sig‘imi sV ga nisbatini ( ) ifodalaydi. Bir atomli ideal gazlar uchun , ga teng. Bu yerda R - universal gaz doimiysi. Demak, ga teng kattalik ekan. >1 bo‘lganligi uchun adiabatik jarayon grafigi P=P (v) masshtabida chizilsa 10-rasm hosil bo‘ladi. Bu vaqtda bajarilgan ish son jihatdan shu grafikda (V1 va V2) bilan chegaralangan yuzaga teng. Issiqlik jarayoni bilan bog‘langan hodisalar doimo muvozanatli jarayonlardir. Masalan, issiqlik muvozanatida bo‘lgan sistemani issiqlik uzatish yoki boshqa bir usul bilan muvozanatli holatdan chiqaraylik. Agar sistema o‘z o‘ziga qo‘yib berilsa, ma’lum vaqt o‘tishi bilan yana muvozanat qaror topadi. Biroq, muvozanatdagi sistema o‘z-o‘zidan (tashqi ta’sirsiz) yana muvozanatsiz holatga o‘tmaydi, ya’ni qaytmas jarayondir. Shunday qilib, o‘z-o‘zidan ro‘y beradigan jarayonlar qaytmas jarayonlardir. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling