A yuldashev
-§ . Yagona soliqning soliq tizimiga tatbiq etilishi
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish
2 -§ . Yagona soliqning soliq tizimiga tatbiq etilishi
va amal qilish jarayoni Korxonalar soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tishi uchun ular ro'yxatdan o'tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yil choragi boshlanguniga qadar bir oy qolishidan kechiktirmasdan yozma ariza berishi zarur. Bunda yuqorida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi lozim. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tishda korxonalaming bundan oldingi davr uchun o'sha davrda amal qilib turgan soliqqa tortish tizimi asosida soliqlami to'lashga doir majburiyatlari saqlab qolinadi. Korxonaning soliqqa tortish soddalashtirilgan tizimiga o'tishi haqidagi qaror yoki dalillangan raddiya davlat soliq xizmati organi tom onidan kor xonaning ariza bergan kunidan boshlab o 'n kun davomida chiqariladi. 46 Hisobni soddalashtirilgan shakl bo'yicha yuritishga o'tishga qaror qilgan korxona arizasi qondirilganidan so'ng daviat soliq xizmati organiga belgilangan shaklga ko'ra xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etadi. Daviat soliq xizmati organi xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarining birinchi sahifasida ariza imzolangan sanani qayd qiladi. Xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga O'zbekiston Respub likasining amaldagi m e’yoriy hujjatlariga binoan belgiiangan hisobot bilan muomala qilish qoidalari tegishli bo'ladi. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo'llanishdan voz ke- chish va soliqqa tortishning belgilanmagan tizimiga qaytish navbatdagi taqvimiy yil boshidan boshlab daviat soliq xizmati organiga tegishli arizani takvimiy yil tugallanishiga 15 kun qolishidan kechiktirmasdan berilgani holda amalga oshirilishi mumkin. Daviat soliq xizmati organining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tishni rad qilish haqidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Yagona soliqni to'lashdan soliqqa tortishning bundan oldingi tizimiga o'tish yil davomida amalga oshirilmaydi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling